Butun dunyoga mashhur bo’lib ketgan tug’ilgan kun
1929 – uilning 1 9 – Martida Eynshteyn ellik yoshga to’ladi. Shu munosabat bilan
Uning ellik yilligi zo’r tantana bilan nishonlanadi va bu butun dunyo diqqat markazida bo’ladi. Maktublar, tabriklar, sovg’alar yog’ilib kelardi. U do’stlaridan ko’plab skripkalar, qayiqlar qabul qilib oldi. Biroq, Eynshteynning e’tiborini alohida jalb qilgan sovg’a ismsiz kishi tomonidan taqdim etilgan bir quti tamaki bo’ldi. Kichik qutichaga ‘’Nisbiylik nazariyasi’’ deb yozilgan edi. Mana shu kichkinagina sovg’a Eynshteyn qalbini zabt etgan edi. U mashhur va atoqli kishilarni ham chetga qo’yib, aynan o’sha maktub sohibiga birinchi bo’lib minnatdorchilik javob maktubini yo’llaydi.
10
Germaniyada urush, AQSHdan boshpana
1930-yilga kelib Eynshteyn dunyoning eng mashhur shaxslaridan biriga aylangan edi. Biroq shunga qaramay u hamon o’zini odiiy inson deb bilar, bor-yo’g’i birqancha matematik hisob-kitoblarni amalga oshirganligini aytardi xolos. U muvaffaqiyatlarini g’ayrioddiylikka yo’ymasada, boshqalar ko’z o’ngida u ayni afsonaga aaylanib ulgurgandi. Ma’ruzalari olomon bilan to’lib-toshar, hatto yolg’iz yurganida ham odamlar uni o’rab olib savollar berishardi. Bordiyu kimdir undan yordam so’rab murojaat qilsa, bajonidil ko’mak berar, yoki hukumat vakillariga nochor qolgan odamlarga yordam berishlarini so’rab maktub yo’llardi. Uning taniqliligi va ilmiy salohiyatini bilgan rasmiylar har qanday talabiga ijobiy qarardi.
Eynshteyn sayohatda
1930-1931 yilllarda (CALTECH)ga California Institute of Technology Eynshteyn taklif qilingandi. U yerda bir guruh olimlar aynan uning g’oyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan edi. Germaniyada vaziyat tang bir ahvolda ekanliginigidan kelib chiqib Eynshteyn taklifni ikkilanmay qabul qildi va AQSHga jo’nab ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |