Minded School
Download 13.68 Kb.
|
Minded School
Minded School Ingliz tilini o'rganish va chet elga o'qishga borish qarorlarimdan biri edi va bu qarorim meni katta-katta orzularim sari yetaklab kelishiga ishonish qiyin bo'lgan bo'lsada lekin qattiq ishonch va chuqur umidim bor edi. Oradan 10 yil o'tib Yaponiyaning Tokyo shaxrida 2 ta o'quv yurtini bitirdim, bir necha katta-katta kompaniyalarda ishlab tajriba orttirdim va shu bilan birga 10 ga yaqinmamlakatlarda sayohatda bo'lib, ko'plab bilimlar oldim. Assalomu alaykum qadrli Samarqand yoshlari bugungi treningga xush kelibsizlar. Bu so'zlarimni eshitganda ba'zilar
1-O'rinda maslahat olish ya'ni biror bir ishni boshlashdan oldin aynan o'sha ishga tegishli bo'lgan professional odamdan maslahat olish kerak. 2010-yil Amerikaga o'qishga boraman deb yurganimda akalarim menga tanishtirgan odamni aynan ingliz tilini o'qitish va chet el bilan bo'ladigan munosabatlarda professional inson edilar. Va o'sha insonimni ko'rsatgan yo'llari bilan hayotimda to'g'ri maqsadlar qo'ya oldim. Va buning qanchalik to'g'ri bo'lganligini oradan yillar o'tib juda yaxshi anglab yetdim. 2-,,Discipline"lik ya'ni intizomli bo'lish. Dunyoda juda ko'p inson nima qilsa yaxshi bo'lishini biladi, lekin bu ishlarni bajarishmaydi. Nima uchun deysizmi??? Chunki ularda o'sha intozom yetishmaydi. Menda ham bu xislatni uyg'otish va uni hamisha har kuni kuchaytirish oson bo'lmagan lekin bu qilib bo'lmaydi degani emas. 3- ,,ISHONCH" 2019- yil, o'qishni bitirishimizga kam vaqt qolgan, va hamma kursdoshlarim ish axtarar va topgan ishlari restaranda oshpazlik, mehmonxonalarda tozalik xodimi bo'lib ishga kirishdi. Men esa o'sha vaqtda o'zimga bo'lgan ishonch bilan tavakkal qilib faqatgina o'zimga yoqqan ish qidirdim va natijada ,,International Busness Trada" ya'ni mamlakatlararo biznes qilish kompaniyasiga ishga kira oldim va bundan bundan juda-juda xursand bo'lganman. Qadrli yoshlar bugun bu yerga kelishimdan maqsad xuddi men kabi o'z orzulari bor yoshlarga chin ko'ngildan yordam berishdir. Download 13.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling