Dasturiy injinering


)Xarajatlar klassifikatsiyasi


Download 290.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi290.02 Kb.
#1539698
1   2   3   4   5   6
3)Xarajatlar klassifikatsiyasi. 
Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX) xarajatlardan 
iborat bo`ladi. 
Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi va 
muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga bog`liq 
bo`lmaydi. 
O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom 
ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan iboratdir. 
Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan 
xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona 
ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yo`sinda o`rtacha 
doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) xarajatlar farqlanadi. 
Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil oshirib 
borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini qo`llashga sabab 
bo`ladi. 
Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish hajmiga 
nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar. 
Yuqorida qayd qilingan endiki doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga 
bog`liq bo`lmaydi, aksincha o`zgaruvchan xarajatlar esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
hajmiga bog`liqdir, ammo bu bog`liqlik bir xilda emasdir. Birinchi bosqichda o`zgaruvchan 
xarajatlar kamayib boradi, chunki ishlab chiqarish ko`lami oshib boradi. Ma’lum davrdan 
boshlab o`zgaruvchan xarajatlar birligini (masalan mehnat) belgilangan resursga (yer, 
kapital) qo`shib borish kamayib boruvchi qo`shimcha yoki chegaraviy mahsulotni beradi. 
Bu hol iqtisodiyotda “kamayuvchi samara qonuni” degan nomni olgan. Masalan, stanokda 
xizmat ko`rsatuvchi ishchilarning soni ortib borsa unda ularning qanchalik ko`proq ishlab 
chiqarishga jalb etilishiga mos ishlab chiqarish hajmi sekin o`sib boradi. Demak, 
korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni 



miqdoriga bog`liq. Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim 
hollarga nisbatan tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. 
Binobarin, iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash 
zarurdir. Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini 
o`zgartira olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish 
mumkin. Shunga ham e’tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil tarmoqlarda 
turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish strategiyasi va 
taktikasini aniqlashda muhimdir. 
Firmaga qisqa muddatli davrda qaror qabul qilishida mahsulot birligi xarajatlarni 
ta’siri muhimdir. Mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish o`sib borgan sari 
pasayadi, chunki ularni absolyut miqdori o`zgarmasdir. O`zgaruvchan xarajatlar 
boshlang`ich davrda, ishlab chiqarish ko`lamlarini ortishi sababli kamayib boradi. Undan 
so`ng esa ko`lam samarasini ustidan “kamayuvchi samara” qonuni ustun kelishi natijasida 
mahsulot birligi o`zgaruvchan xarajatlar o`sib boradi. Masalan, konditer fabrikada 
dastgohlarni uch smena ishlatish, ularni ishlash samarasini pasayishiga olib keladi, chunki 
uchinchi smenada ishlash dastgohlarni profilaktika qilishga imkon bermaydi, natijada 
dastgohlarni unumsiz to`xtashlari ko`payadi va u ishlab chiqarish natijalariga salbiy ta’sir 
ko`rsatadi. Bunda yalpi xarajatlar (O`IH) egri chizig`i uni tashkil etuvchi O`DX va O`O`X har 
biriga nisbatan tezroq pasayib boradi.
Birinchi grafikdan shuni ko`rish mumkinki agar chegaraviy xarajatlar (ChX) o`rtacha 
xarajatlar (OIH) kam bo`lsa unda o`rtacha xarajatlar kamayadi, bu chegaraviy xarajatlar 
oxirgi o`sishidir va hamma oldingilaridan kam bo`lguncha davom etadi. O`IH va ChX egri 
chiziqlari kesishgan nuqtasi o`rtacha xarajatlarni eng kam miqdori yoki minimumini 
ko`rsatmoqda. S nuqtani o`ng tomonida O`IH o`rtacha yalpi xarajatlarga tengdir. Ushbu 
nuqta zararsizlik nuqtasi deyiladi. 
Agarda bozor narxi S nuqtadan pasaysa unda korxonalar ushbu tarmoqni tashlab 
boshqa tarmoqqa o`tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab chiqarishga 
o`tgan korxonalar davom ettirishi mumkin bo`ladi yoki korxona o`tkazgan tahlil ushbu 
tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabni ko`tarilishi natijasida 
baxoni ko`tarilishini tasdiqlasa korxona o`z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo`ladi.N 
nuqtadagi firmani axvoli birmuncha og`irroq bo`ladi, chunki bu nuqtada sotish narxi 
o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarga teng bo`ladi (O`O`X). Korxona o`z xarajatlarini qoplay 
olmaydi. Bunday vaziyatda korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatishi lozim 



bo`ladi. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartirish mumkin. Firma bu 
davrda ishlab chiqarish maydonini yangi qurilish hisobiga kengaytirish, sexlarda yangi 
dastgohlarni o`rnatish, yangi ishchilarni ishlab chiqarish jarayoniga tortishi mumkin, 
demak uzoq muddatli davrda hamma xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar sifatida maydonga 
chiqadi. Firmani kengaytirish davrida yalpi xarajatlar o`zgaradi. Boshida ko`lam (mashtab) 
samarasi hisobiga kamayadi. Undan keyin ishlab chiqarish ko`lam samarasi ta’siri tamom 
bo`lgandan keyin u eng kam miqdoriga yetadi. Shundan so`ng yalpi xarajatlarni ortishi 
jarayoni boshlanadi. Quydagi rasmda S
1
—D
1
, S
2
—D
2
, S
3
—D
3
ordinatalar va undan 
keyingilari firmani quvvatlarini oshirish davridagi yalpi xarajatlarini ko`rsatadi. Rasmdan 
shuni ko`rish mumkinki yalpi xarajatlarni eng kam darajasi 3-variantda undan keyin esa 
o`sish ro`y bermoqda. Ishlab chiqarish quvvatlarini ortishi sharoitida yalpi xarajatlarni 
dinamikasini S
1
, S
2
, S
3,
S
4
, S
5
egri chiziqlar aks ettiradi va ular ishlab chiqarish quvvatlarini 
oshirishni har bir bosqichiga to`g`ri keladi. Shu bilan birga ushbu egri chiziqlar — bu 
korxonani tanlash egri chiziqlaridir. Bozorda sharoit o`zgardi — quvvatlarni oshirish yoki 
kamaytirish to`g`risida firma yangi qarorni qabul qilishi lozim bo`ladi. Ishlab chiqarish 
xarajatlarini muttasil kamaytirib boorish, korxonani foydaliligini oshirishning asosiy 
vositasi bo`lib hisoblanadi. Chunki korxonaning xarajatlari qanchalik kam bo`lsa foyda 
miqdori shunchalik ko`p bo`ladi. Bizning mamlakatimizda buhgalteriya hisobida 
“xarajatlar” tushunchasini o`rniga “tannarx” tushunchasi ishlatib kelingan. Tannarx 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini yig`indisidan iborat. Uni asl va meyoriy 
xarajatlar asosida hisoblanadi. Bu tushunchalar o`rtasida farq mavjud. 
Maxsulot tannarxiga: 
a)xom ashyo va materiallar. 
b)yoqilg`i va moylash materiallari. 
c)elektr energiya xarajatlari. 
d) asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish amortizatsiya ajratmasi. 
e) ish haqi. 
f) ijtimoiy sug`urta ajratmalari. 
g) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari (sex, brigade boshliqlarining ish haqi). 
h) umumiy xo`jalik xarajatlari (korxona boshqaruv xodimlari) ish haqlari kiradi. 



Mahsulot tannarxi tarkibi har bir sanoat tarmoqlarida o`ziga xos xususiyatga ega. 
Masalan, neft sanoatida mehnatga haq to`lash va asosiy ishlab chiqarish fondlarining 
amortizatsiyasi uchun nisbatan ko`p xarajat qilinadi, yengil, oziq-ovqat sanoatida xom 
ashyo va materiallar salmog`i 85—90% ga yetadi. 
Qishloq xo`jalik mahsulotlari tannarxi tarkibi sanoatnikidan ancha farq qilib, urg`lik, 
o`g`it, yem-xashak qiymati, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishga ketgan 
xarajatlar ham kiritiladi. Shu xo`jalikning o`zida yetishtirilgan urug`lik, yem-xashak va 
boshqa mahsulotlar o`z tannarxiga ko`ra boxolanadi. Sotib olingan urug`lik, yem-xashak, 
mineral o`g`itlar, yoqilg`i va boshqa mahsulotlarni olib kelishga ketgan harajatlarni ham 
hisobga olgan holda baxolanadi. Qurilishlarda tayyorlangan mahsulot tannarxini aniqlash 
o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib bunda, xarajatlarning eng ko`p qismi qurilish materillari 
hisobiga tog`ri keladi, bu mahsulot tannarxini aniqlashda qilingan sarf-xarajatlar qiymatini 
bitkazilgan binoning kv/m miqdoriga taqsimlanadi. 
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib boorish korxona foydasini oshirishning 
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu 
xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa shunga mos foyda 
miqdori oshib boradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-
texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT 
yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo 
materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. 
Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi 
texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada 
korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika 
taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi texnologik ishlab 
chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish 
usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat 
nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. 
Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni 
tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni 
kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod 
qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshiishga olib keladi.

Download 290.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling