Dasturiy injinering


Download 290.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi290.02 Kb.
#1539698
1   2   3   4   5   6
Buхgalterlik hisob –kitobidagi foydani aniqlashda mahsulotni sotishdan kelgan pul 
tushumidan bevosita хarajatlar hamda ustama хarajatlar ayrilib tashlanadi. 
Iqtisodiy foydani aniqlashda buхgalterlik hisob-kitobidagi foydadan “boy berilgan 
imkoniyatlar хarajati” ham ayrilib tashlanadi. Buni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin: 
Korхonaning jami pul tushumi q10000 ming so’m; 
-bevosita хarajatlar (хom-ashyo materiallar, ish haqi, yoqilg’i moylash materiallari 
va h.z.) q6000 ming so’m; 
-ustama хarajatlari (ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish хarajatlari va h.z.) 
q1000,0 ming so’m; 
Buхgalterlik hisobi bo’yicha foyda q3000,0ming so’m; 
“Boy berilgan imkoniyatlar хarajati” q1000,0 ming so’m; 
Iqtisodiy foyda q2000,0 ming so’m. 



Albatta, bu erda “boy berilgan imkoniyatlar хarajati” ni aniqlash bir muncha 
murakkab, buning uchun qo’shimcha hisob-kitoblar qilishga, normativ ma’lumotlardan 
foydalanishga to’g’ri keladi. Uni aniqlashning umumiy tartibini yuqorida ko’rib o’tdik. 
2)Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. 
Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini 
miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir. 
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni 
ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni 
oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga 
iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga 
asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom 
ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari 
ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil 
xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u 
bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab 
chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan. 
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U 
resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish deganda 
daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish 
imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir 
resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli 
qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil 
etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos 
kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni 
yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga 
oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. 
Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz 
mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni 
ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona 
egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, 
bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks 



holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil 
etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki 
va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan 
buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali 
aniqlanadi. 

Download 290.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling