Dasturiy injiniringi
Download 23.63 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-Amaliy ish KT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
O‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “DASTURIY INJINIRINGI” FAKULTETI “KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI “KOMPYUTER TARMOQLARI” FANIDAN 2-AMALIY ISH DI 21-12-guruh talabasi Bajardi: Jurayev Rashid Qabul qildi: Xoliyorov X Samarqand-2023 Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida VLAN tarmoqlarini qurish. Ishning maqsadi: CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan ishlashni o’rganish. Kommutator asosida VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Nazariy qism: Kommutator (switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini (xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsizligini tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi. Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos keladigan qurilma MAC-adresini ko’rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi. Bunda kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar kommutatorning portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo’lgan uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko’rsatilgan port orqali yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC- adresi kommutatorning qaysidir portiga mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq jadvalni shakllantiradi va natijada trafik lokalizatsiyalanadi. Download 23.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling