Dasturiy injiniringi


Download 23.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi23.63 Kb.
#1834991
  1   2
Bog'liq
2-Amaliy ish KT



O‘
ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI 
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
SAMARQAND FILIALI 
 
“DASTURIY INJINIRINGI” FAKULTETI 
“KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI 
“KOMPYUTER TARMOQLARI” FANIDAN 
 
 
 
 
2-AMALIY ISH 
 
 
 
DI 21-12-guruh talabasi 
Bajardi: Jurayev Rashid
Qabul qildi: Xoliyorov X 
 
Samarqand-2023 


Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida VLAN tarmoqlarini qurish. 
Ishning maqsadi: CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan 
ishlashni o’rganish. Kommutator asosida VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha bilim 
va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy qism:  
Kommutator (switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini 
(xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun 
mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni 
faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsizligini 
tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta 
ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi.
Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator 
xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos 
keladigan qurilma MAC-adresini ko’rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval 
bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan 
ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi. Bunda kommutator 
kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. 
Keyinchalik, agar kommutatorning portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr 
MAC-adresi jadvalda mavjud bo’lgan uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr 
faqat jadvalda ko’rsatilgan port orqali yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-
adresi kommutatorning qaysidir portiga mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga 
yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq 
jadvalni shakllantiradi va natijada trafik lokalizatsiyalanadi.

Download 23.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling