Dasturiy mahsulotni sinash


Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash bosqichlari


Download 34.28 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1797650
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DASTURIY MAHSULOTNI SINASH111111

2. Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash bosqichlari.
Dasturiy ta’minotni loyihalash va konstruksiyalash – dasturiy mahsulotni yaratishning eng ma’suliyatli bosqichlaridan biri. Bu bosqichda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotga asosiy talablar bayon etiladi. Funksiyalar va foydalanishning talablari qanchalik to’liq aniqlanishidan konstruksiyalash jarayonini aniqlovchi 10 asosiy qarorlar qanchalik to’g’ri qabul qilinishida ishlanma bahosi va uning sifatiga bog’liq bo’ladi. Funksional belgiga ko’ra dasturiy mahsulotlarni sinflash. Har bir dasturiy mahsulot ma’lum funksiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan vazifasiga ko’ra barcha dasturiy mahsulotlarni uchta guruhga ajratish mumkin: tizimli, amaliy va gibrid. Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli kompyuterlar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Dasturlash – bu:
1) kompyuterlarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan;
2) algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi;
3) insonning kompyuter bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri kompyuterlar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi dasturlashda „kompyuter tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashi-naga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, profamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa kompyuterning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida dasturlash; masalani kompyuter tilida dasturlash. Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret kompyuter komandalari tizimsiga boglits boʻlmasligi va iboralar struktu-rasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nukali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl ope-ratorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
Spiral hayot aylanishining modeli. Ushbu modelda e’tibor dastlabki dizayn bosqichlarining takrorlanadigan jarayoniga qaratilgan. Ushbu bosqichlarda kontseptsiyalar, talablarning texnik xususiyatlari, dastlabki va batafsil dizayni ketma-ket yaratiladi. Har bir bosqichda ishning mazmuni aniqlanadi va yaratilayotgan dasturiy ta’minotning tashqi ko’rinishi konsentratsiyalanadi, olingan natijalarning sifati baholanadi va keyingi takrorlash ishi rejalashtiriladi. Har bir takrorlashda quyidagilar baholanadi:
− Konstruksiya shartlari va narxidan oshib ketish xavfi;
− Yana bitta takrorlashni bajarish zarurati;
− Tizimga qo’yiladigan talablarni tushunishning to’liqligi va aniqligi darajasi;
− Konstruksiyani tugatish maqsadga muvofiqligi. Hayotiy tsikl dasturiy ta’minotini standartlashtirish uch yo’nalishda amalga oshiriladi.
Birinchi yo’nalishni Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO - Xalqaro standart tashkilot) va Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC - Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tashkil etadi va targ’ib qiladi. Ushbu darajada xalqaro hamkorlik uchun muhim bo’lgan eng umumiy texnologik jarayonlarni standartlashtirish amalga oshiriladi.
Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash bosqichlari.
Boshlang’ich bosqichlarda bu jarayonni ko’p jihatdan hamda ishlanma sifati va mehnat sarfini aniqlovchi prinsipial yechimlar qabul qilinishi mumkin:
➢ dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash;
➢ foydalanish interfeysi tipi va hujjatalr bilan ishlash texnologiyasini tanlash;
➢ ishlanmaga yondashuvni (tuzilmani yoki obyektni) tanlash;
➢ dasturlash tili va muhitini tanlash.
Bu yechimlar nima loyihalashini qanday xarakteristikalarga ega, qanday vositalar bilan bajarilishini aniqlaydi. Dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash. Dasturiy ta’minot arxitekturasi deb uni tuzishning bazaviy konsepsiyalari jamlanmasiga aytiladi. Dasturiy ta’minot arxitekturasi yechilayotgan masalalar murakkabligi, ishlanayotgan dasturiy ta’minot universallik darajasi va uning birorta nusxasi bilan bir vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchilar soni bilan aniqlanadi. − bir foydalanuvchili arxitektura dasturiy ta’minot personal kompyuterda ishlayotgan bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan; − ko’p foydalanuvchili arxitektura lokal yoki global tarmoqda ishlashga mo’ljallangan. Bundan tashqari bir foydalanuvchi arxitektura doirasida:
− dasturlar; − dastur paketlari;
dasturiy komplekslar;
− dasturiy sistemalar.

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling