Dasturiy ta’minot haqida umumiy tushuncha


Dasturiy ta’minot turlari


Download 267.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi267.31 Kb.
#1020744
1   2   3
Bog'liq
axborot tizimlari

Dasturiy ta’minot turlari. 
Kompyutеrning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy 
ta'minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
Tizimli dasturiy ta'minot;
Amaliy dasturiy ta'minot;
Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyutеrning va kompyutеr 
tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturlar ta'minoti 
deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, 
aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining 
ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini 
tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida 
ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir 
prеdmеt soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga muljallangan 
dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini 


beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar 
bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga 
oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web 
saydlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda 
ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining 
aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi.
Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab 
chikish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi
ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash 
va joriy etishga muljallangan. 

Download 267.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling