Dasturlash / Ma ’ lumotlar bazalari


Servis xizmati shartnomasi-bu texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash shartnomasining o‘zaro uyg‘un birikmasidir


Download 0.95 Mb.
bet42/59
Sana22.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1220792
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6

Servis xizmati shartnomasi-bu texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash shartnomasining o‘zaro uyg‘un birikmasidir.
Foydalanuvchilar ko‘pincha xizmat ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlashni farqlay olmaydilar, shuning uchun AKT xizmati ta’minlovchilari ko‘pincha bitta servis xizmati shartnomasida har ikkala xizmatni taklif qiladi. Ushbu bob yolg‘iz dasturiy ta’minot xizmatiga oid bo‘lishiga qaramasdan bundan keyin qo‘llab-quvvatlash shartnomasi (Hotline- shartnoma) sohasi qisqacha tasvirlab beriladi.

6.5.1 AT shartnomalar ta’moyillari


Texnik xizmat ko‘rsatish, qo‘llab quvvatlash yoki servis xizmatini ko‘rsatish shartnomasi, har qanday boshqa shartnoma singari xizmatlar ta’minlovchisi (mas. AKT xizmatlari ta’minlovchisi yoki dasturchi) va mijoz o‘rtasidagi majburiyat yuklovchi bitimdir. Xizmat ta’minlovchisi xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi, mijoz esa xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.


Quyidagi elementlar shartnomalarning barcha turlari uchun umumiydir:
Xizmat ko‘rsatish ta’minotchisi va mijozni manzili, telefon raqami, elektron pochtasi (E-mail) bilan ko‘rsatish;
Shartnoma mavzusi: gap nima haqida borayapti;
Xizmat ko‘rsatish ta’minotchisi xizmatlari, masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida telefon yordami;
Shartlashayotgan tomonlarning huquq va burchlari: bunda xizmatlar aniqlashtiriladi, xizmat ko‘rsatish tartibi bayon qilinadi va masalan mijoz tomonidan yordam berish majburiyati tartibga solinadi;
Shartnomaning kuchga kirishi shartnomaning amal qilish va uning bekor qilinishi;
Haq to‘lashning tartibga solinishi;
Barcha shartlashayotgan tomonlar imzolari.

6.5.2 Qo‘llab quvvatlash shartnomasi (Hotline)


Qo‘llab quvvatlash shartnomasi yoki Hotline-bitim foydalanuvchining ekspluatatsiyasi davomida dasturchining yoki AKT xizmati ta’minotchisining yordamini olishini boshqaradi. Bu yordam, qoida bo‘yicha, telefon orqali yoki elektron pochta bilan amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga yordamning alohida turi, mas., Microsoft Netmeeting yordamida Remote Desktop (uzoqlashtirilgan ish stoli) bilan ishlashdir. Bunda xizmatlar ta’minotchisi foydalanuvchinnig Desktop iga ro‘yhatga yoziladi, unnig roziligi bilan masofali nazoratni vaqtincha qarz olib turadi va shunday qilib nafaqat ma’lum xizmatkor va ish usullarini tushuntirib bera oladi, balki bevosita ularni ko‘rsatib beradi.


Hotline-bitim «xizmatlari, huquq va burchlari» bo‘limida quyidagilar tartibga solinadi:

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling