Dasturlash / Ma ’ lumotlar bazalari
Bottom Up ishlab chiqish yo‘nalishi
Download 0.95 Mb.
|
2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6
2.3.1.6 Bottom Up ishlab chiqish yo‘nalishiTop down usulining yuzaga kelishi mumkin muammolari tufayli bu yondashuvga alternativlar ko‘rib chiqsa arziydi. Bugun Bottom Up ishlab chiqish yo‘nalishidagi boshqa bir usul tez-tez qo‘llanilmoqda. Bu avvaldan mavjud bo‘lgan kompyuter tizimidan nima kelib chiqishini bildiradi va vazifaning qo‘yilishi nuqtai nazaridan “orqaga qaytib ishlab chiqiladi”. “Yuqoridan pastga” yo‘nalishida avval vazifalar va kichik dasturlar ishlab chiqiladi va baza mashinasi yaqinida joylashgan modullarga olib boriladi. Tegishli ravishda eng yuqori darajadagi modullarning keyingi ma’lumotlari orqali endi bu o‘rinda qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun qadamma-qadam dastur hosil bo‘ladi. Belgilangan sharoitlarda kompyuter tizimi bilan bir qatorda dasturlashning foydalaniladigan tili shuningdek, ishlab chiqarilayotgan dasturning tuzilishini belgilab beradi. O‘zining ildizlari bilan Bottom Up dasturiy ta’minotdan ko‘p marotaba foydalanish nazariyasiga borib taqaladi. Turli xil foydalanuvchilar, ayniqsa AQSH va Yaponiyadan yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari tajribasidan kelib chiqadiki, mavjud dasturiy ta’minot bir oz vaqt o‘tgach omon qolish uchun jiddiy qayta ishlanishi yoki tozalanishi kerak. Bu bilan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish yoki dasturni kuzatib borish uchun tashabbus ko‘pincha avvaldan mavjud tizimlardan kelib chiqadi-ki, buni Bottom Up usuli bajaradi. Dasturiy ta’minot ishlab chiqish amaliyotida pragmatik yondashuv ham mavjud: shunday ifoda topiladiki, dasturchining harakat usullari Bottom Up va Top Down nazariyalarini birlashtirishdan iborat bo‘ladi. Shundan kelib chiqadiki harakatning yagona usuli mavjud emas. O‘sha bir dasturchi vazifaning turiga bog‘liq holda turlicha yondashuvlardan foydalanadi. Bundan kelib chiqadi-ki, dasturiy ta’minot ishlab chiqish uchun instrument vositasi yoki harakat usuli nazariyalar aralashmasi usuliga yo‘l qo‘yishi kerak. Agar dasturchi talablarni hal qilishda mavjud dasturiy ta’minotga murojaat qilsa, dizayn fazasida Bottom Up usulining qo‘llanishi doim bir xil bo‘ladi. Amalda dizayn fazasidan kelib chiqadigan tizim tasnifi ko‘proq Top Down va Bottom Up ishlanmalari yo‘nalishining aralashmasi sifatida qo‘llanadi.. Modulyarlashdan so‘ng va Top Down yoki Bottom Up yondashuvlari qat’iy nazar dastur dizayni nihoyasida natija sifatida tizim tasnifiga ega bo‘ladi. Bu erda yana bir marta tasnifning tarkibiy qismlari umumlashtirilgan: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling