Dasturlash asoslari fanidan C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari hamda ular bilan ishlash
Download 0.63 Mb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA
- KIRISH
- 1.1 Directory sinfidan foydalanish
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI 5130200 Amaliy matematika va informatika» talim yo'nalishi bo'yicha Dasturlash asoslari fanidan C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari hamda ular bilan ishlash mavzusida yozgan KURS ISHI
FARGONA 2019 MUNDARIJAMUNDARIJA 2 KIRISH 3
1.1 Directory sinfidan foydalanish 5 1.2 Directory sinfining metodlari va ular bilan ishlash 7 II BOB. C# DASTURLASH TILINING DIRECTORYINFO SINFI VA U BILAN ISHLASH 28 2.1 DirectoryInfo sinfidan foydalanish 28 2.2 DirectoryInfo sinfining metodlari va ular bilan ishlash 31 III BOB. C# DASTURLASH TILINING DRIVEINFO SINFI VA U BILAN ISHLASH 40 3.1 DriveInfo sinfidan foydalanish 40 3.2 DriveInfo sinfining metodi va xususiyatlari 40 TEST 43 XULOSA 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET RESURSLAR 51 KIRISHKurs ishining dolzarbligi. Respublikamiz oz mustaqilligiga erishganidan song jamiyatimizda bir qator qonunlar va umummilliy dasturlarning qabul qilinishi, huquqiy demokratik jamiyatni barpo etishda va buyuk kelajak sari olga qadam qoyishimizda mustaqil poydevor bolib xizmat qilmoqda. Respublikamizda barcha soha singari talim tizimida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga katta etibor qaratilmoqda. Shu sababli Respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga doir bir nechta davlat qonunlari, farmonlari va Prezident qarorlari qabul qilindi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori (21-mart 2012 y.) va boshqalar. Talim tizimidagi islohotlarni amalda joriy qilishda oqitishning ilgor pedagogik texnologiyalarini qollash asosida talabalarga jahon andozalardagi bilim, konikma, malakalarni shakllantirish oquv jarayonini moddiy texnika va axborot bazasi bilan taminlash yuqori darajali malakali kadrlarni tayyorlash sifatli oquv uslubiy, ilmiy hamda didaktik materiallar yaratish, talim tizimi fan va ishlab chiqarish ortasida ozaro samarali aloqadorlik ornatish, talimning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shuningdek, dasturiy texnologiyalarning kundan kunga rivojlanib borishi, turli sohalarda dasturlar yaratish va ularni hayot jabhalarida qollashni talab etadi. Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan biridir. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalaniladi. C# dasturlash tili ob’ektga moljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Ayni paytda foydali dasturlar, o’yinlarni yaratishda C# dasturlash tilining ahamiyati katta. Dastlabki dasturlar juda oddiy va eski texnologiyalar orqali yaratilgan. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida dasturlarni yaratishning misli ko’rilmagan imkoniyatlari vujudga keldi. Jumladan, Mobil, Windows Store va Enterprise dasturlarini yaratish uchun nafaqat Windows yoki Web ilovalar, balki C# dan ham foydalanish mumkin. C# shuningdek, SQL Server ma'lumotlar bazasida orqa ishlarni bajarish uchun hisobotlarni, ish orinlarni va bolimlarni yaratish maqsadida ishlatilishi mumkin. Yuqorida aytib otilgan dasturlarni yaratishda C# dasturlash tilining katalog va disklar bilan ishlaydigan Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari muhim ahamiyatga ega. Bu sinflar orqali bir butun dasturni yaratib bolmasa-da, buning metodlari orqali kop vazifalarni bajarish mumkin.
C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari boyicha nazariy bilimlarni oshirish; Ushbu sinflarning metodlari bilan ishlashni organish; Bu sinflarni bir-biridan farqi va oxshashliklarini organish hamda ulardan samarali foydalanish usullarini tahlil qilish; Olgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida shu keltirilgan malumotlardan foydalanib testlar tuzish. Kurs ishining obekti: C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari haqida malumotlardan iborat. Kurs ishining tarkibi kirish, 3 ta bob, test, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslardan iborat. Kirishda kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad, vazifalari va ob’ekti yoritilgan. Ishning birinchi bobida Directory sinfidan foydalanish yoritilgan. Kurs ishining birinchi, ikkinchi, uchinchi boblarida mos ravishda Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflaridan foydalanish malumotlari yoritilgan. Kurs ishining test qismi keltirilgan 3 ta bobga, yani mavzuga oid standart va nostandart tuzilgan testlardan iborat. Kurs ishining xulosa qismida foydalanish boyicha fikr va mulohazalar keltirilgan. I BOB. C# DASTURLASH TILINING DIRECTORY SINFI VA U BILAN ISHLASH 1.1 Directory sinfidan foydalanish.NET platformasida kataloglar bilan ishlash uchun ikkita sinf mavjud: Directory va DirectoryInfo. Directory va DirectoryInfo sinflarining funksionalligi fayl sinflari (File va FileInfo) ning funksional imkoniyatlariga oxshaydi. Chunki directory fayl tizimlari nuqtai nazaridan kataloglardir. Malumki, katalog fayllarni oz ichiga oladi. Fayllar va kataloglarning bir-biriga yaqinligi sababli, ushbu sinflarning meros olish mexanizmi, shuningdek foydalanish usullari File va FileInfo sinflarining ozaro bogliqligiga juda oxshaydi. .NET Framework sinf kutubxonasidagi System.IO.Directory sinfi kataloglar va pastki kataloglarni yaratish, nusxalash, ko'chirish va yo'q qilishning statik metodlarini ta'minlaydi. Directory sinfidan foydalanishdan oldin System.IO maydon nomini kiritish kerak. using System.IO; Directory va DirectoryInfo sinflari fayl tizimidagi papkani ko'rsatish uchun ishlatiladi. Lekin bu ikkisini o'rtasida muhim farq bor. Directory sinfida faqat statik usullar mavjud va u papkada bitta operatsiyani bajarish kerak bo'lganda ishlatiladi. Directory sinfining barcha metodlari statikdir, shuning uchun ushbu sinfning namunasini yaratmasdan turib operatsiya bajariladi, chunki bitta operatsiyani bajarish uchun katalogni namoyish qiladigan ob'ekt yaratish shart emas. Demak, yagona katalog operatsiyalari uchun Directory sinfidan foydalanish orinli boladi. Har bir foydalanish foydalanuvchi kiritgan yo'llarni yoki katalog ichidagi fayllarni tekshirishni o'z ichiga olganligi sababli uni try\catch blokiga qo'shish tavsiya etiladi. Agar yo'l noto'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, bu istisnoga sabab boladi. Foydalanish misoli: using System; using System.IO; namespace Dir { class Program { public static void Main(string[] args) { string Dir = @"C:\DaStUrLaSh"; try { if (Directory.Exists(Dir)) { Console.WriteLine("Bu yo'l allaqachon mavjud."); } else { // Katalog yaratish. Directory.CreateDirectory(Dir); Console.WriteLine("Katalog muvaffaqiyatli yaratildi."+"\n"); // Endi o'chirish. Directory.Delete(Dir); Console.WriteLine("Katalog muvaffaqiyatli o'chirildi."); } } catch (IOException exp) { Console.WriteLine(exp.Message); } Console.ReadKey(true); } } } Natijasi: Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling