“Dasturlash asoslari” fanidan “C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari hamda ular bilan ishlash”


Directory sinfining metodlari va ular bilan ishlash


Download 0.63 Mb.
bet2/6
Sana12.11.2020
Hajmi0.63 Mb.
#144473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

1.2 Directory sinfining metodlari va ular bilan ishlash


CreateDirectory(String) – belgilangan yo’lda barcha kataloglar va pastki kataloglarni yaratadi, agar ular mavjud bo’lmasa.

CreateDirectory(String,DirectorySecurity) – belgilangan Windows xavfsizligini qo’llagan holda belgilangan yo’lda barcha kataloglarni yaratadi, agar ular mavjud bo’lmasa.



Quyidagi kod parchasi C:\ diskda “Dasturlash” papkasini yaratadi, agar katalog allaqachon mavjud bo'lmasa.

Foydalanish misoli:

using System;
using System.IO;
namespace Dir
{
    class Program
    {
        public static void Main(string[] args)
        {    
            string root = @"C:\Dasturlash";
            string subdir = @"C:\Dasturlash\Dastur";
            // Agar katalog mavjud bo’lmasa, uni yaratadi.
            if (!Directory.Exists(root))
            {
            Directory.CreateDirectory(root);
            Console.WriteLine("Katalog muvaffaqiyatli yaratildi.");
            }
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}

Natijasi:

Directory.CreateDirectory shuningdek, pastki katalog yoki pastki papkani yaratadi. Asosiy qilish kerak bo'lgan ish – bu pastki katalog yaratiladigan papkaning yo'lini ko'rsatish. Quyidagi kod parchasi “C:\Dasturlash” katalogida “Dastur” pastki katalogini yaratadi.



Foydalanish misoli:

string root = @"C:\Dasturlash";


string subdir = @"C:\Dasturlash\Dastur";
// Pastki katalog yaratish
if (!Directory.Exists(subdir))
{
Directory.CreateDirectory(subdir);
Console.WriteLine("Pastki katalog muvaffaqiyatli yaratildi.");
}

Natijasi:

Delete(String) – belgilangan yo’ldan bo’sh katalogni yo’q qiladi. Agar papkada pastki papkalar yoki fayllar bo'lsa, siz papkani o'chirishdan oldin ularni yo'q qilishingiz kerak. Agar siz bo'sh bo'lmagan faylni o'chirishga harakat qilsangiz, siz xatolik haqida xabar olasiz. Quyidagi kod parchasi belgilangan papkani o'chirib tashlaydi.



Foydalanish misoli:

using System;
using System.IO;
namespace Dir
{
    class Program
    {
        public static void Main(string[] args)
        {    
            string root = @"C:\Dasturlash";  
            // Agar katalog mavjud bo’lmasa, urinib ham ko’rmang
            if (Directory.Exists(root))  
            {
            Directory.Delete(root);
            Console.WriteLine("Katalog muvaffaqiyatli o'chirildi.");
            }
            Console.WriteLine("Bunday katalog mavjud emas.");
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}

Natijasi:

Delete(String, Boolean) – belgilangan katalogni va agar ko’rsatilsa, katalogdagi har qanday pastki kataloglarni va fayllarni yo’q qiladi.



Exists(String) – belgilangan yo’l diskdagi mavjud katalogga tegishliligini aniqlaydi, ya’ni belgilangan katalog mavjudligini tekshiradi. Quyidagi kod parchasi katalog mavjud yoki yo'qligini tekshiradi va faqat katalog mavjud bo'lsa o'chiriladi.

Foydalanish misoli:

using System;
using System.IO;
namespace Dir
{
    class Program
    {
        public static void Main(string[] args)
        {    
            string root = @"C:\Dasturlash";
            try
            {
            if (Directory.Exists(root))
            {
            Directory.Delete(root);
            Console.WriteLine("Katalog muvaffaqiyatli o'chirildi.");
            }
            else Console.WriteLine("Bunday katalog mavjud emas.");
            }
            catch (IOException exp)
            {
            Console.WriteLine(exp.Message);
            }
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}

Natijasi:

Move(String, String) – mavjud katalogni to'liq yo'l bilan yangi belgilangan katalogga o'tkazadi. Move metodi ikkita parametrni oladi. Move metodi asl katalogni yo'q qiladi. Quyidagi kod parchasi manba katalogini manzil katalogiga o'tkazadi.



Foydalanish misoli:

using System;
using System.IO;
namespace Dir
{
    class Program
    {
        public static void Main(string[] args)
        {    
            string sourceDirName = @"C:\Dasturlash";
            string destDirName = @"C:\NewDasturlash";
            try
            {
            Directory.Move(sourceDirName, destDirName);
            Console.WriteLine("Katalog muvaffaqiyatli ko'chirildi.");
            }
            catch (IOException exp)
            {
            Console.WriteLine(exp.Message);
            }
            Console.ReadKey(true);
        }
    }
}

Natijasi:

Copy – katalogni nusxalash uchun hech qanday metod yo'q. Katalogdan nusxa ko’chirish bu siz xohlagan katalogni ko’chirish uchun yangi katalog yaratiladi va keyin pastki kataloglar va fayllar nusxalanadi.

GetCreationTime(String) – berilgan fayl yoki katalogning yaratilgan sanasi va vaqtini oladi.

SetCreationTime(String, DateTime) – berilgan fayl yoki katalog uchun yaratilgan sana va vaqtni belgilaydi.

GetCreationTimeUtc(String) – berilgan fayl yoki katalogning Kelishilgan Umumjahon Vaqti (UTC) formatida yaratilgan sanasi va vaqtini oladi.

SetCreationTimeUtc(String, DateTime) – berilgan fayl yoki katalog uchun Kelishilgan Umumjahon Vaqti(UTC) formatida yaratilgan sana va vaqtni belgilaydi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling