Dasturlash foundation


Download 5.38 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi5.38 Kb.
#1792634
Bog'liq
Dasturlash2020

Dasturlashga ilk qadam

Abdulxay Abdurazzoqov

Avvalambor “dasturlash o’zi nima?” Degan savolga javob beraylik. Dasturlash – bu katta, murakkab vazifani bir nechta juda kichik, sodda bo’lgan vazifalarga bo’lish orqali muammoga yechim berish.

Katta muammo deganda nimani tushunish mumkin?

Misol uchun xabar yuborish, yechim esa Telegram!

Telegram messenjeri bizga xabarlarni bir onda yuborish, auidio va videolar yuborish va bular uchun minimal mablag’ sarflash imkonini beradi. Instagram ijtimoiy tarmog’i esa rasmlar va videolarni saqlashga bizga yordam beradi

SiZ HAM YAXSHI KUNLARINGIZDA ESDALIK UCHUN SURATGA OLIB,

YILLAR O’TGANDAN KEYIN ULARNI QAYTA KO’RISH, ESLASH UCHUN

FOTOALBOMGA JOYLAB BORISHNI YOQTIRASIZMI?

LEKIN BU JARAYON NATIJASIDA:

RASMLARNI CHIQARTIRISH UCHUN PUL SARFLANADI;

FOTOALBOM SOTIB OLISH UCHUN PUL SARFLANADI;

FOTOALBOMDA RASMLAR SONI KO’PAYSA, OG’IRLIGI HAM ORTADI.

YAQINLARIMGA KO’RSATAMAN DESANGIZ, KO’TARISHGA BIROZ

NOQULAY BO’LISHI MUMKIN;

RASMLAR ESKIRISHI, YIRTILISHI, YO’QOLISHI EHTIMOLI YUQORI

Xo’p, endi dasturlashni o’rganishga keladigan bo’lsak, sizdan quyidagi ko’nikmalar talab qilinadi: 1. Mantiqiy fikrlash 2. Qat’iyatli bo’lish va muammolarni hal qila olish 3. Yangiliklar bilan hamohang bo’lish. Ustozimiz Aziz Rahimovning aytishicha “Agar siz boshqa soha vakili bo’lsangiz yokidoimiy boshqa sohalarga oid bilim va ko’nikmalarga ega bo’lsangiz ham bu sizning Dasturlash sohasidagi yutug’ingiz hisoblanadi”. Chunki siz yuzaga kelgan muammoga yechim berishda har tomomdan yechim topa olasiz. Ya’ni siz tarixchi bo’lsangiz tarixiy tomonlama, biolog bo’lsangiz biologik tomonlama muammoga yechim topishingiz mumkin! Sizda yuqorida sanab o’tilgan ko’nikmalar bo’lsa siz dasturlash sohasiga qadam qo’yishingiz mumkin!

DASTURLASH SOHASINI O’RGANISHDA QANDAY QIYINCHILIKLAR BOR? “MENIMCHA, DASTURLASH SAN'ATI BOSHQA INSONIY QOBILIYATLARGA QARAGANDA BIROZ MURAKKABROQ. CHET TILI, MATEMATIKA YOKI KITOB O‘QISH RIVOJLANISHINGIZGA YORDAM BERGANI KABI DASTURLASH HAM SIZNI YAXSHILAYDI” JACK DORSEY. TWITTER ASOSCHISI. DASTURLASHNI O’RGANAYOTGAN O’QUVCHILARDA ASOSAN QUYIDAGI 4 TA MUAMMO KUZATILADI: 1.KOD BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR 2.MASALA ISHLASHDAGI MUAMMOLAR 3.MA’LUMOT KO’PLIGI VA UNI SARALASH YETARLI NATIJA BERMASLIGI 4. MAQSADLAR ANIQ EMASLIGI

Dasturchi ingliz tilini bilishi kerakmi? Ingliz tilini kamida o’rta darajada bilish talab qilinadi: chunki barcha dasturlash tillari ingliz tilida yaratilgan. Siz foydalanashingiz kutilayotgan asosiy ma’lumot bazalarini ham ingliz tilida o’qishingiz mumkin bo’ladi. Kursni tamomlab, ishga kirish jarayonida ingliz tilini biladigan va ingliz tilini bilmaydigan dasturchilar teng qo’yilsa, ingliz tilini biladigan dasturchiga kompaniyalar ko’proq qiziqish bildirishadi.

Siz dasturlashni C va python tillari bilan o’rganishni boshlashingiz mumkin. Chunki ko'pchilik dasturlash tillarining asosi tiliga qurilgan. Shu sabab dasturlashni endi o'rganuvchilarga aksariyat hollarda C tilidan boshlash tavsiya qilinadi. Python tili esa o'zining zamonaviyligi, keng imkoniyatlari va soddaligi bilan ajralib turadi.

Siz dasturlashni quyidagi bepul darslar bilan boshlashingiz mumkin: 1.Sariq dev https://youtube.com/@Sariqdev?si=vZ_bvrqbCZ-LRzG0 dasturlash asoslari; ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar; Python Web dasturlash; mukammal telegram bot 2. Ahror qayumov - https://www.youtube.com/@ahrorqayumov2422 C++ va juda ko’p foydali darslar

foydalanilgan adabiyotlar: 1. najottalim.uz sayti 2. aziz rahimov suhbatlari 3. dasturlashga ilk qadam kitobchasi e’tiboringiz uchun rahmat!


Download 5.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling