Dasturlash I 3-hafta mavzu: С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni


Download 6.28 Mb.
bet1/9
Sana27.10.2023
Hajmi6.28 Mb.
#1727351
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ma\'ruza-3




DASTURLASH I


3-HAFTA


Mavzu: С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni.



Hafta

Mavzu

Mashg‘ulot turi

Soat

Mashg‘ulot mazmuni

3-hafta

Dasturlashning elementar tushunchalari

3-Ma’ruza

2

С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni.

Lab_3.1

2

Joriy vaqtni chiqarish, Pul birliklarii hisoblash.

Lab_3.2

2

Inkrement va dekremen operatorlariga doir dasturla tuzish.

Lab_3.3

2

Bir turdan boshqa turg o‘girshga doir dasturlar tuzish.

3-Mustaqil ish

2

Topshiriqda berilgan savollarga javob yozish

1

Test savollariga javob berish

5

Dastur tuzishga doir topshiriqlarni bajarish


3-MA’RUZA
MAVZU: С++DA SONLARNING TURLARI VA ULAR USTIDA AMALLAR. DASTUR YARATISH JARAYONI.

Reja:

  1. C++da sonli ma’lumot turlari va ular ustida amallar;

  2. Hisoblash ifodalari va operatorlar

  3. Amaliy qism: Joriy vaqtni ko‘rsatish

  4. Qo‘shimcha belgili operatorlar

  5. Ikrement va Dekrement operatorlari

  6. Raqamli tur konvertatsiyasi

  7. Dasturiy mahsulot yaratish jarayoni

  8. Amaliy qism: Pul birliklarini hisoblash

  9. Umumiy xatoliklar

Kalit so‘zlar:

  • algoritm

  • bo‘lish operatori

  • butun tur

  • C-stili

  • dizayn tizimi

  • haqiqiy nuqtali raqam

  • haqiqiy tur

  • identifikator

  • ifodalash

  • ifodani belgilash

  • ikkilik tur

  • increment kod va test

  • increment operator

  • KIN

  • ma’lumot turi

  • o‘zgarmas

  • o‘zgarmas kalit so‘z

  • o‘zgaruvchi

  • o‘zgaruvchi maydoni

  • o‘zgaruvchilarni e’lon qilish

  • oddiy tur

  • operandlar

  • operator

  • operatorni belgilash

  • operatorni taqsimlash

  • postdekrement

  • postinkrement

  • predekrement

  • preinkrement

  • psevdokod

  • qisqa tur

  • so‘zma-so‘z

  • talablar spesifikatsiyasi

  • tizim tahlili

  • toshish

  • toshmagan

  • UNIX davri

  • uzun tur

yashirin tur

1. C++da sonli ma’lumot turlari va ular ustida amallar
Key Point. C++ da butun, haqiqiy turlar va +, -, *, /, % operatorlari bilan birgalikda 9 ta raqamli ma’lumot turlari mavjud.


2.8.1-raqamli turlar.
Har bir ma’lumot turi qiymatlar sohasiga ega. Kompilyator har o‘zgaruvchi va o‘zgarmasga uning turiga qarab xotiradan joy ajratadi. C++ odatiy qoidalariga ko‘ra raqamli qiymatlar, belgilar va mantiqiy qiymatlar bilan ishlaydi. Ushbu qismda raqamli qiymatlar va ular ishtirokidagi amallar bilan tanishib chiqamiz.
2.1-jadval. Raqamli turlar ro‘yxati, ularning sonli oraliq chegaralari va xotira hajmlari

Nomi

Sinonimi

Sonli oraliq

Xotira hajmi

short

short int



16-bit signed

unsigned short

unsigned short int



16-bit unsigned

int signed






32-bit

unsigned

unsigned int



32-bit unsigned

long

long int



32-bit signed

unsigned long

unsigned long int



32-bit unsigned

float




Negative range:
-3.4028235E+38 to -1.4E-45
Positive range:
1.4E-45 to 3.4028235E+38

32-bit IEEE 754

double




Negative range:
-1.7976931348623157E+308 to -4.9E-324
Positive range:
4.9E-324 to 1.7976931348623157E+308

64-bit IEEE 754

long double




Negative range:
-1.18E+4932 to -3.37E-4932
Positive range:
3.37E-4932 to 1.18E+4932
Significant decimal digits: 19

80-bit

C++ butun qiymatlarning 3ta turini qo‘llaydi: short, int va long. Har bir butun tur ikki xil xususiyat bilan keladi: ishorali va ishorasiz. Butun qiymatli sonlarning yarmini manfiy ishorali, qolgan yarmini esa nomanfiy (musbat) ishorali sonlar tashkil etadi. Ishorasiz berilgan intlarning barchasi musbat ko‘rinishda kiritiladi. Chunki, eng katta ishorali belgi olgan xotira hajmiga undan ikki karra kattaroq ishorasiz sonni yozish mumkin. Agar siz o‘zgaruvchi faqat musbat qiymat qabul qilishini bilsangiz, uni unsigned bilan e’lon qilish kerak. Misol uchun:


short inti = 2;
bu bilan bir xil:
shorti = 2;
C++ haqiqiy sonlarning uch turi bilan ishlaydi: float, double, va long double. double turi odatda float turidan ikki marta katta bo‘ladi. Shuningdek, double ikkilik aniqlikda, float esa bir birlik aniqlikda hisoblanadi. long double esa doubledan kattaroq. Ko‘pgina amaliy dasturlar uchun doubledan foydalanish ma’qulroq.
Qulaylik uchun C++ bosh faylida INT_MIN, INT_MAX, LONG_MIN, LONG_MAX, FLT_MIN, FLT_MAX, DBL_MIN, va DBL_MAX o‘zgarmaslarini taniydi. Bu o‘zgarmaslar dasturlashda qo‘l keladi. Quyidagi 2.5-ro‘yxatda keltirilgan dasturni ishga tushirib, o‘zgarmas qiymatlar qanday qilib kompilyator tomonidan tanilayotganini ko‘rishimiz mumkin:
2.5-ro‘yxat. LimitsDemo.cpp
1 #include
2 #include
3 using namespacestd;
4
5 intmain()
6 {
7 cout << "INT_MIN is "<< INT_MIN << endl;
8 cout << "INT_MAX is "<< INT_MAX << endl;
9 cout << "LONG_MIN is "<< LONG_MIN << endl;
10 cout << "LONG_MAX is "<< LONG_MAX << endl;
11 cout << "FLT_MIN is "<< FLT_MIN << endl;
12 cout << "FLT_MIN is "<< FLT_MAX << endl;
13 cout << "DBL_MIN is "<< DBL_MIN << endl;
14 cout << "DBL_MIN is "<< DBL_MAX << endl;
15
16 return 0;
17 }



INT_MIN is -2147483648
INT_MAX is 2147483647
LONG_MIN is -2147483648
LONG_MAX is 2147483647
FLT_MIN is 1.17549e-038
FLT_MAX is 3.40282e+038
DBL_MIN is 2.22507e-308
DBL_MAX is 1.79769e+308

Mazkur o‘zgarmaslar eski kompilyatorlar tomonidan tanilmasligi mumkin. Biz qo‘llaydigan o‘zgarmaslar kompilyatorda va kompyuterda turlicha hajmda joy egallashi mumkin. Ko‘pincha int va long bir xil hajm oladi. Ba’zi timlarda long 8 baytni oladi.


Kompyuterda tur yoki o‘zgaruvchining hajmini belgilash uchun sizeof funksiyasidan foydalanish mumkin. 2.6-ro‘yxatda int, long, va double turlarning hamda yosh va yuza o‘zgaruvchilarining kompyuterimizdagi hajmini belgilashga misol keltirilgan.
2.6-ro‘yxat. SizeDemo.cpp
1 #include
2 using namespacestd;
3
4 intmain()
5 {
6 cout << "int ning hajmi: "<< sizeof(int) << " bytes"<< endl;
7 cout << "long ning hajmi: "<< sizeof(long) << " bytes"<< endl;
8 cout << "double ning hajmi: "<< sizeof(double)
9 << " bytes"<< endl;
10
11 double yuza = 5.4;
12 cout << "yuza o‘zgaruvchi hajmi: "<< sizeof(yuza)
13 << " bytes"<< endl;
14
15 int yosh = 31;
16 cout << "yosh o‘zgaruvchi hajmi: "<< sizeof(yosh)
17 << " bytes"<< endl;
18
19 return 0;
20 }



The size of int: 4 bytes
The size of long: 4 bytes
The size of double: 8 bytes
The size of variable area: 8 bytes
The size of variable age: 4 bytes

Bu yerda sizeof(int), sizeof(long), va sizeof(double)lar (6-8-satrlar) int, long va double turlariga baytlarda, sizeof(yuza) va sizeof(yosh) lar yuza va yosh o‘zgaruvchilariga baytlarda hajm ajratayapti.




2.8.2. Raqamli literallar.
Raqamli literallar dastur qismlarida o‘zgarmas qiymat sifatida keladi. Quyidagi ko‘rsatmada 34 va 0.305 lar literallar:
inti = 34;
doublefootToMeters = 0.305;
Odatda butun turli literallar o‘nli butun son ko‘rinishda ifodalanadi. Sakkizlik butun literaldan foydalanish uchun 0 (nol)dan oldin yoziladi. Oltilik o‘lchamdagi butun literalni yozish uchun esa 0x yoki 0X ifodalari qo‘llaniladi. Masalan, quyidagi kod FFFF raqamini 65535 o‘nli son deb qabul qilsa, o‘nlikdagi 8 soni sakkizlikdagi 10 soniga tenglashtiriladi.
cout << 0xFFFF<< " "<< 010;
Oltilik, ikkilik va sakkizlik qiymatlar sanoq tizimlarida namoyon bo‘ladi.
Haqiqiy turli literallar shakl ko‘rinishidagi ilmiy ifodalar yordamida yozilishi mumkin. Misol uchun, 123.456 uchun va 0.0123456 uchun shakllari o‘rinlidir. Buni dasturlash tillarida 1.23456E-[-2] kabi yozilishini dastur qiymat (natija) chiqarganda ko‘rish mumkin. Bu yerda E (yoki e) lar – eksponenta belgisi bo‘lib, katta yoki kichik harflarda yozilishi mumkin.
Eslatma: float va double turlari o‘nli kasr ko‘rinishidagi sonlar uchun ishlatiladi. Nima uchun ular haqiqiy turli sonlar deyiladi? Chunki ular kompyuter xotirasida ilmiy ifodalar ko‘rinishida saqlanadi. 50.534 kabi sonlar kompyuterda 5.0534E+1 kabi o‘girib yoziladi. Bunda o‘nli son yangi pozitsiyaga ko‘chadi.


2.8.3 Raqamli operatorlar
Raqamli ma’lumot turlari uchun standart operatorlar tayinlangan: qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/) va foiz (%) (5.0534E+1).

2.2-jadval. Raqamli operatorlar

Operator

Nomi

Misol

Natija

+

Qo‘shish

34 + 1

35



Ayirish

34.0 – 0.1

33.9

*

Ko‘paytirish

300 * 30

9000

/

Bo‘lish

1.0 / 2.0

0.5

%

Qoldiq

20 % 3

2

Ikkita butun qiymatlar bo‘linganda natija ham faqat butun qismini ko‘rsatadi. Masalan, 5/2 ning natijasi 2, 2.5 emas; -5/2 ning qiymati esa -2, -2.5 emas. Bo‘linma aniq qiymat chiqarishi uchun bo‘linuvchi yoki bo‘luvhilardan biri haqiqiy turga mansub bo‘lishi kerak.
% operatori qoldiqni hisoblash operatori sifatida tanilgan va faqat butun turlar uchun ishlaydi. Unda sonning butun qismidan keying (ya’ni verguldan keyingi) qoldiq qismi olinadi. Masalan, 7 % 3 ifoda 1; 3 % 7 ifoda 3; 12 % 4 ifoda 0; 0.26 % 8 ifoda 2; 20 % 13 ifoda 7 qiymatlarini qaytaradi.

% operatori musbat butun sonlar uchun tez-tez ishlatilib turiladi. Shuningdek, ularni manfiy butun sonlar uchun ham qo‘llasa bo‘ladi. Manfiy ishorali butun sonlar odatda unga tegishli kompilyator tomonidan hisoblanadi.
Qoldiqni hisoblash (%) dasturlashda keng qo‘llaniladi. Misol uchun, juft son % 2 har doim 0 ga, toq son % 2 esa har doim 1 ga teng. Bu ifoda orqali sonlarning juft yoki toqligini aniqlash mumkin. Agar bugun yakshanba bo‘lsa, yakshanba yana 7 kundan so‘ng keladi. Faraz qilaylik, siz va do‘stlaringiz 10-kuni uchrashishlaringiz kerak. 10 - kun qaysi kun bo‘ladi? O‘sha kun seshanba ekanligini quyidagi misol orqali aniqlash mumkin:



2.7-ro‘yxatda keltirilgan dasturda kiritilgan soniya qiymatlarini daqiqa va soniyalarga ajratib beradi. Masalan, 500 seund 8 daqiqa va 20 soniyadan iborat.
2.7-ro‘yxat. VaqtniChiqar.pp
1 #include
2 using namespacestd;
3
4 intmain()
5 {
6 // Foydalanuvchini kiritishga undash
7 int soniya;
8 cout << "Soniyalardagi butun qiymatni kiriting: ";
9 cin >> soniya;
10 int daqiqa = soniya / 60;
11 int qoldiqSoniya = soniya % 60;
12 cout << soniya << " soniya = "<< daqiqa <<
13 " daqiqa va "<< qoldiqSoniya << " soniya "<< endl;
14
15 return 0;
16 }

Soniyalardagi butun qiymatni kiriting: 500
500 soniya = 8 daqiqa va 20 soniya





Download 6.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling