Dasturlash I 3-hafta mavzu: С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni
Download 6.28 Mb.
|
ma\'ruza-3
Summary
cin ob’yekti konsol oynada ma’lumot kiritish uchun faqat >> operatori bilan birgalikda qo`llanilishi lozim. Identifikatorlar dasturdagi elementlarning ismlari. Ismlar katta-kichik harflar, raqamlar va pastki chiziq (_)lar asosida yasalishi mumkin. Ismlar harflardan yoki pastki chiqizqdan boshlanishi lozim raqam bilan boshlanishi xato. Tavsiflovchi ismlar dasturning o`qishini osonlashtiradi. O`zgaruvchilarni e’lon qilish uning kompilyator tomonidan qanday turda uni saqlashiga zamin yaratadi. Tenglik belgisi (=) C++ da ta’minlash operatori sifatida islatiladi. Funksiyada e’lon qilingan o`zgaruvchiga qiymat ta’minlanishi zarur. Bundan tashqari o`zgaruvchilar dastur bajarilishi davomida o`z qiymatlarini o`zgaritirib turishadi. Nomli o`zgarmas yoki oddiy o`zgarmas dasurda o`zgarmas qiymatli ma’lumot turidan foydalanishga imkon beradi. Nomli o`zgarmas const – kalit so`zi orqali e’lon qilinadi. Odatga ko`ra, nomli o`zgarmaslar katta harflarda nomlanadi. C++ turli oraliq qiymatlarga ega ishorali va ishorasiz butun turlar (short, int, long, unsigned short, unsigned int, unsigned long) bilan ishlaydi. Ishorasiz butun turlar – nomanfiy sonlar. C++ turli oraliq qiymatlarga ega haqiqiy turlar (float, double, long double) bilan ishlaydi. C++ da + (qo`shish), -(ayirish), * (ko`paytirish), / (bo`lish) va % (qoldiqni hisoblash) operatsiyalarini bajarish mumkin. Butun turlarning bo`linmasi butun qiymat oladi. C++ da % operatori faqat butun turlar uchun. C++ dagi raqamli operatorlardan iborat ifodalar matematik ifodalar kabi bajariladi. Inkrement (++) va dekrement (--) operatorlari o`zgaruvchi qiymatini bitta oshiradi yoki kamaytiradi. C++ += (qo`shish), -= (ayirish), *= (ko`paytirish), /= (bo`lish) va %= (qoldiqni aniqlash) kabi o`rnatilgan qoidali ta’minlash operatorlarini qo`llashga ruxsat beradi. Hisoblash jarayonida turlicha sonli ma’lumotlarni C++ kerakli turga avtomatik tarzda o`tkazadi. Sonli qiymatlarni bir turdan ikkinchisiga o`tkazish uchun Kompyuter ilmida 1970-yilning 1-yanvarga o`tar kechasi UNIX davri (vaqti) deb nom olgan. Download 6.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling