Dasturlash I 8-hafta mavzu: Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash


Download 321.53 Kb.
bet6/10
Sana02.01.2022
Hajmi321.53 Kb.
#194588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Topshiriq 8

8.2.2. Sikl dizayni strategiyalari

Havaskor dasturchilar uchun siklni to`g`ri yozish oson masala emas. Sikl yozishda uchta bosqich ko`rib chiqiladi:

1-bosqich: Takrorlanishi lozim bo`lgan ko`rsatma satrlarini belgilab olish;

2-bosqich: Ko`rsatma satrlarini quyidagi ko`rinishda sikl tanasiga biriktirish:



while (true)

{

Ko`rsatma satrlari;



}

3-bosqich: Sikl-davomiyligi-sharti ni kiritib, siklni nazorat qiluvchi qo`shimcha korsatma satrlarini kiritish:



while (Sikl-davomiyligi-sharti)

{

Ko`rsatma satrlari;



siklni nazorat qiluvchi qo`shimcha korsatma satrlari;

}

8.2.3. Siklning foydalanuvchi ixtiyori bilan boshqarilishi

Pastdagi kod siklni besh marta hisoblaydi. Agar siklning davom etishini foydalanuvchi belgilashi lozim bo`lsa, foydalanuvchi ixtiyoriga topshirish mumkin. Shunday ko`rinishga ega bo`lgan dastur qismi quyida keltirilgan:

char siklDavomiyligi = 'Y';

while (siklDavomiyligi == 'Y')

{ // Sikl tanasi bir marta hisoblanadi

...


// Foydalanuvchini davomiylikni o`rnatishga undash

cout << "Davvom ettirish uchun Y ni kiriting

chiqib ketish uchun N ni kiriting: ";

cin >> siklDavomiyligi;

}


Download 321.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling