dasturlash - C (talaffuzi: si)[4] — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili boʻlib, 1969—1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan[5]. Ushbu dasturlash tili B tilining takomillashgan koʻrinishi sifatida yaratilgan. Dastlab UNIX operatsion tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan, keyinchalik esa boshqa koʻplab platformalar bilan ishlashga ham moslashtirilgan
C tilining tuzilishi, asosiy grammatikasi - Dizayni hamda strukturasiga koʻra, ushbu til quyi darajadagi dasturlash tillariga yaqin. Baʼzi xususiyatlari bilan assembler tiliga ham oʻxshab ketadi. C dasturlash tili dasturiy taʼminot industriyasining rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazgan. Uning sintaksisi esa C++, C#, Java, Objective-C va boshqa koʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi
asosiy grammatikasi
sizeof
|
Obyekt oʻlchami haqidagi maʼlumotni olish
| |
typedef
|
Oʻzgaruvchi turiga alternativ nom berish
| |
auto, register
|
Kompilyatorga oʻzgaruvchilarning xotirada joylashgan oʻrnini koʻrsatish
| |
extern
|
Kompilyatorga obyektni tashqi fayldan izlash kerakligini koʻrsatish
| |
static
|
Statik obyektni eʼlon qilish
| |
void
|
Qiymatga ega boʻlmagan kattalik; koʻrsatkichlarda ixtiyoriy maʼlumotlarni bildiradi
| |
char, short,int, long
|
Butun sonli oʻzgaruvchilar va ularning oʻlchamlari
|
signed, unsigned
|
Butun sonli oʻzgaruvchilar modifikatorlari, ularning oldidagi ishorasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi
|
float, double
|
Haqiqiy sonli oʻzgaruvchilar
|
const
|
Oʻzgarmas miqdorlar, kompilyatsiya vaqtida ularning dastlabki berilgan qiymati oʻzgarmaydi
|
volatile
|
Ushbu tipdagi oʻzgaruvchining qiymati kompilyatsiya vaqtida oʻzgarishi mumkin
|
Do'stlaringiz bilan baham: |