O‘zbek tili amaliy grammatikasi


Download 29.6 Kb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi29.6 Kb.
#1051051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbek tili amaliy grammatikasi


O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fanining maqsad va vazifalari. Fonetika haqida ma’lumot. To‘g‘ri yozuv (orfografik) me’yorlari. To‘g‘ri talaffuz (orfoepik) me’yorlari. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari.
“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani quyidagi masalalarni qamrab oladi: 1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, til sathlari va qonuniyatlari, adabiy merosimizni chuqur o‘rgatish asosida tilimizning boy imkoniyatlarini yoshlar ongiga singdirish. 2. Tildan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish. 3. Yoshlarni mustaqil fikr, keng tafakkur va erkin mushohada egasi qilib tarbiyalash. 4. Ularni muttasil kitob mutolaasiga odatlantirish, badiiy asarlar o‘qishga qiziqtirish, shu asosda ularning so‘z boyligini oshirish. 5. Talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va savodxonlik darajasini oshirish. 6. Muloqot madaniyati va nutq tadbirkorligini tarkib toptirish va rivojlantirish. 7. Darsda qo‘yilgan muammolar yechimini izlashga o‘rgatish.
“O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani ta’lim muassasasida o‘zbek tili o‘qitishning bosh maqsadini ro‘yobga chiqarishni tilning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan vazifasini talabalar ongiga singdirishdan boshlaydi. Fikr faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. “O‘zbek tili amaliy grammatikasi” fani talabaga ona tilining grammatik qonuniyatlarini o‘rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi.
Mazkur fanni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasida bakalavr talaba hozirgi o‘zbek tili qonun-qoidalari, fonetika va orfoepiya, grafika va orfografiya, so‘z ma’nosi, til lug‘at tarkibi taraqqiyoti, frazeologiya, til lug‘atining funksional-uslubiy toifalanishi, leksikografiya, so‘z yasalishi, morfologiya, so‘zlarning turkumlarga bo‘linishi, ot, sifat fe’l, ravish, yordamchi so‘z turkumlari, ularning matnda qo‘llanishi, sintaksis bo‘limi, gap: sodda gap, qo‘shma gap, murakkablashgan gap, ularning lug‘aviy-grammatik tabiati, qo‘llanish o‘rinlari va uslubiy xususiyatlari haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishi; hozirgi o‘zbek tili va uslubiyatining umumiy muammolari, tushunchalari, ayniqsa, funksional uslublar va uslubiy normalarga oid nazariy bilimni atroflicha o‘rganishi; til birliklaridan to‘g‘ri foydalanib, fikr ifodalay olishi; adabiy til normalari, ularning funksional uslublardagi o‘rni, nutq madaniyati nazariy asoslarini egallash kabi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Yuqoridagilar asosida “O‘zbek tili amaliy grammatikasi” kursni o‘zlashtirish jarayonida talaba: Fanining maqsad va vazifalari, O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, Umumxalq o‘zbek tili va shevalari, O‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari, Hozirgi o‘zbek adabiy tili va uning bo‘limlari, Fonetika. O‘zbek tilining tovush tizimi, To‘g‘ri talaffuz (orfoepik) me’yorlari, Unli, undosh fonemalar va ularning tasnifi, Tovush o‘zgarishlari, Urg`u va bo‘g`in haqida ma’lumot, Grammatika haqida ma’lumot, So‘z tukumlari tasnifi, So‘zning lug`aviy ma’nosi, Sintaksis, Gap turlari, Qo‘shma gaplar, O‘zbek yozuvlari tarixidan, Orfografiya, Orfografik tamoyillar, “Imlo” to‘g`risidagi qonun, undagi ayrim o‘zgarishlar, O‘zlashma so‘zlar imlosi, Joy nomlari va ularning imlosi, Yordamchi so‘z turkumlari imlosi, Kishi ismlari – milliy-madaniy boylik sifatida, Uslubiy me’yor haqida tushuncha, Rasmiy ish qog‘ozlarining o‘ziga xos xususiyatlari, Leksikologiya haqida ma’lumot, So‘z va ma’no, So‘z ma’nosining ko‘chish usullsri, So‘zlarning shakl va ma’nolariga ko‘ra turlari, Turg`un iboralar, Maqol,matal va hikmatli so‘zlar – nutqimiz ko‘rki, Leksikografiya haqida tushuncha, O‘zbek lug‘atlari haqida ma’lumot, Lug`at boyish yo‘llari, O‘z qatlam va o‘zlashma qatlam, So‘z va uning etimologiyasi, San’at va madaniyatga oid terminlarning izohi to‘g‘risida yetarli darajada bilim va malakaga ega bo‘lishi, ulardan foydalana olishi hamda amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling