O‘zbek tili amaliy grammatikasi


TO‘G‘RI TALAFFUZ (ORFOEPIYA) ME’YORLARI


Download 29.6 Kb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi29.6 Kb.
#1051051
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbek tili amaliy grammatikasi

TO‘G‘RI TALAFFUZ (ORFOEPIYA) ME’YORLARI
Orfoepiya adabiy tilning talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan fan bo‘lib, grekcha orfos – «to‘g‘ri», epos – «nutq» degan ma’nolarni anglatadi.
Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi.
Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi. Qiyoslang:

Yozilishi


talaffuz

Kitob kitop
Oftob oftop
Maktab maktap
Izsiz issiz
Uchta ushta Uch so‘m usso‘m
Besh so‘m besso‘m
Xursand xursan
Samarqand Samarqan
Bo‘lsa bo‘sa
Kelsa kesa
Keltirilgan so‘zlarning talaffuzi adabiy talaffuz me’yoridan chekinish hisoblanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, orfoepik me’yorlar xalq jonli tili faktlari asosida ham yaratiladi.
Orfoepiyaning qonun-qoidalari asosida milliy tilning yagona talaffuz mezoni yuzaga keladi, nutq madaniyati shakllanadi. Bu mezon adabiy til doirasida unli va undosh tovushlarning talaffuzi, so‘z va so‘z qismlarining talaffuzi, shuningdek, so‘z birikmalarining talaffuzini belgilash asosida amalga oshiriladi.
Unli tovushlar orfoepiyasi
I unlisi: 1) yopiq bo‘g‘inda, xususan, jarangsiz tovushlar orasida, shuningdek, t,s,r,l,z,n tovushlari oldida kuchsizlanib, qisqa talaffuz qilinadi.: qish, tish, qir, qil, qin, bil, sir kabi; 2) chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan kelganda qisqa, qattiq talaffuz qilinadi: qirq, g‘isht, qir, xil kabi; 3) sayoz til orqa k,g hamda bo‘g‘iz undoshi bilan kelganda esa qisqa, yumshoq talaffuz qilinadi: kindik, gijda gij-gij, hil-hil, hikmat, his kabi; 4) ba’zi o‘zlashgan arab-forscha so‘zlarda, shuningdek, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inlarida i unlisi cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: muhim, muhit, din, tanqid, targ‘ib, lirika, tir kabi; 5) ikki undosh orasida kelganda i unlisi ba’zi egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishi natijasida talaffuzda tushib qoladi: og‘iz-og‘zi, ko‘ngil-ko‘ngli, qorin-qorni kabi; 6) i unlisi bilan tugagan so‘zlarga v qo‘shilganda i tovushi u tarzida talaffuz qilinadi: tashi-tashuv, qashi-qashuv kabi. U unlisi: 1) jarangsiz undoshlar orasida juda tor va bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi: tuxum, pushti, pushaymon, puchuq kabi; 2) so‘zning ochiq bo‘g‘inlarida kengroq, o‘ va u oralig‘idagi tovush singari biroz ochiqroq talaffuz qilinadi: butun, tutun, buzuq, quduq kabi; 3) k,g,y undoshlaridan keyin ingichka, old qator unli tarzida, q,g‘.x undoshlaridan keyin esa yo‘g‘on, orqa qator unli tarzida talaffuz qilinadi.

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling