O‘zbek tili amaliy grammatikasi
Qiyoslang: kul, qo‘l, kunduz, qunduz, turg‘un, norg‘ul kabi. O‘
Download 29.6 Kb.
|
O‘zbek tili amaliy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslang
Qiyoslang: kul, qo‘l, kunduz, qunduz, turg‘un, norg‘ul kabi.
O‘ unlisi: 1) sayoz til orqa k,g, bo‘g‘iz undoshi h hamda y,ch,j undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq talaffuz qilinadi: ko‘ngil, ko‘klam, go‘sht, ko‘l, go‘sha, yo‘lak, yo‘rgak, ho‘kiz, cho‘kma, jo‘ja kabi; 2) chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda qattiq talaffuz qilinadi: qo‘l, qo‘llanma, g‘o‘ra, qo‘shma, g‘o‘r, xo‘r, qo‘r kabi; 3) quyidagi o‘zlashma so‘zlarda cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar, sho‘la, mo‘jaz kabi. E unlisi: 1) so‘z yoki bo‘g‘in boshida kengroq, so‘z o‘rtasida, undosh tovushlar orasida torroq talaffuz qilinadi: el, er, ellik, ehtimol, kel, kech, men, sen kabi; 2) oldingi undosh bilan ochiq bo‘g‘in hosil qilganda kengroq talaffuz qilinadi: kecha, tesha, bedana, semiz, terim kabi. A unlisi: 1) sayoz til orqa k,g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq talaffuz qilinadi: kaklik, kalava, kam, gaz, gal, gap kabi; 2) chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda qattiq talaffuz qilinadi: qavat, qavs, qaymoq, qanot, g‘ayrat, g‘alaba, g‘amxo‘r, xabar, xalq, xarita kabi. O unlisi: 1) sayoz til orqa k,g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq; chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda qattiq talaffuz qilinadi. Qiyoslang: komil, sokin, begona, ogoh, kotib, qosh, naqqosh, g‘oya, g‘oz, g‘or, xolis, xom, xona, xola kabi. Mashq. Matnni o‘qing. Unlilarning talaffuziga e’tibor bering. Ularning torkeng, cho‘ziq-qisqa, qattiq-yumshoq talaffuz qilinish sabablarini izohlang. Kun botay deb qolgan, «Qorovultepa»ning ko‘lankasi pastdagi soyni tamom egallagan, faqat olisdagi kapalar, o‘ng qo‘ldagi hali o‘roq tegmagan qizg‘ish bug‘doy dengizi ipakday mayin tovlanib yotipdi... Qo‘chqor ko‘rinmaydi, Mashrab esa Akmaldan biroz nariroqda, qizlarga yordamlashish uchun bo‘lsa kerak, ancha joyni egallab, qo‘li qo‘liga tegmay o‘ryapti. Yigitlar, Komilning iltimosi bilan o‘roqqa o‘tgan kunlari Mashrab ancha zahmat chekkan edi. Ilgari o‘roq o‘rib ko‘rmagan odam, sira qo‘li kelishmas, bug‘doyni yaxshi qamrayolmas, bug‘doyga qo‘shilib yantoq va to‘ng‘iztaroq ilinar, qo‘li bir lahzada qop-qora qon bo‘lardi. Mana endi Qo‘chqor bilan Akmaldan qolishmaydigan, hatto qizlarning o‘rtasiga tushib yordamlashadigan bo‘lib qoldi. Akmal bir jilmayib, yana o‘roqqa kirishdi. O‘zi qayrab o‘tkirlab olgan o‘roq uning qo‘lida xuddi sartaroshning ustarasiday o‘ynaydi. U g‘ir-g‘ir shabadaga ko‘ksini tutib, doim anqib turadigan issiq non hidini to‘yib-to‘yib hidlarkan, butun vujudi yayrab ketadi, go‘yo og‘ir qo‘l mehnati emas, kishiga ilhom baxsh etadigan bir ish qilayotganday zavq oladi. (O.Yoqubov) Download 29.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling