O‘zbek tili amaliy grammatikasi


Download 29.6 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi29.6 Kb.
#1051051
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbek tili amaliy grammatikasi

Mashq. Berilgan so‘zlarni lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida ko‘chirib yozing. E, ё, ю, я harflarining yangi alifboda yozilishiga e’tibor bering.

Абонент, авлиё, агглютинация, амалиёт, археолог, ашёвий, аямо³, баён, ба²оят, беайб, беэга, беэтибор, бояги, брильянт, брокер, бюджет, бюро, бюст, гиёµ, губерня, девон, дунё, дюжина, дюем, жюри, елвизак, елка, етти, ёдгорлик, ёру²севар, зеµн, зиёда, иллюзия, костюм, ноябрь, октябрь, сентябрь, шлюз, шляпа, этюд, сюжет, режиссёр, суфлёр.
Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi sanaladi.
So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tadbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, XX asrning 80-yillari boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqilishiga zaruriyat tug‘dirdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining joriy etilishi esa, bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda 339-sonli “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qoidalar 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.

  1. Harflar imlosi

    1. Unlilar imlosi (1-7-bandlar)

    2. Undoshlar imlosi (8-32-bandlar)

  2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar)

  3. Qo‘shib yozish (38-50-bandlar)

  4. Chiziqcha bilan yozish (51-56 -bandlar)


  5. Download 29.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling