O’zgaruvchilar
Java dasturlash tilida o’zgaruvchini qo’llashdan oldin uni e’lon qilish kerak bo’ladi. E’lon
qilish jarayoinida kompyuterga ushbu o’zgaruvchida qanday turdagi ma’lumot saqlanilishi aytilib
o’tiladi. Masalan,
int elementlarSoni;
double elementYuzasi, elementHajmi;
Birinchi misol elementlarSoni o’zgaruvchisi int turdagi qiymatlarni olishini e’lon qiladi. int
butun sonlarni anglatadi. Ikkinchi misol elementYuzasi va elementHajmi o’zgaruvchilarni double
turdagi qiymatlarni qabul qilishini e’lon qiladi. double ratsional sonlarni anglatadi. Ushbu misoldan
ko’rinadiki, bir turdagi o’zgaruvchilarni vergul bilan ajratib bir qatorda e’lon qilish mumkin.
Java dasturlash tili xarflar (char), xar-xil turdagi butun (byte, short, int, long) va ratsional sonlar
(float, double), mantiqiy qiymatlarni (boolean) asosiy qiymat turlariga kiritadi. Bu asosiy qiymatlar
turi sodda qiymatlar deb ataladi. Quyidagi jadval Java sodda qiymatlarini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |