Dasturlash muhitini tanlash
Java dasturlash tilida dastur yozish uchun quyidagi uch xil muhitdan foydalanish mumkin:
- Java Dasturlash Vositasi va biron-bir matn muxarriri (masalan, Notepad);
- Integrallashgan Dasturlash Muhitidan foydalanish (masalan, Eclipse);
- Java Dasturlash Vositasi va u bilan integrallashgan matn muxarriridan foydalanish
(masalan, TextPad);
Integrallashgan Dasturlash Muhitlari asosan ko’plab birlamchi kod fayllaridan iborat dasturlar
bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ushbu dasturlash muhitlari dasturlashni osonlashtirish uchun
ko’plab uskunalarni o’z ichiga oladi, masalan xatoliklarni aniqlovchi (debugger) va versiyalarni
boshqaruvchi tizimlar.
Sodda dasturlarni tuzish uchun biror-bir matn muxarriri yoki Java Dasturlash Vositasi bilan
integrallashgan matn muxarriri qo’llash mumkin. Birinchi xolatda dasturning birlamchi kodi matn
muxarriri yordamida kiritiladi va komanda qatori orqali kompilyatsiya qilinadi va ishga tushiriladi.
Ikkinchi xolatda dasturning birlamchi kodi integrallashgan matn muxarriri yordamida kiritiladi va
muxarrir ichida kompilyatsiya qilinadi va ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |