Dasturlash tili
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Java haqida boshlangich darslik by Ali Artukov (z-lib.org)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Java birlamchi kod strukturasi va
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Java Dasturlash Vositasini o’rnatilish tartibi xaqida gapirib bering. 2. Windows operatsion tiziminingpath muhit o’zgaruvchisi nimani belgilaydi? 3. Java dasturlash tilida dastur yozish uchun qanday muhitlar mavjud? 4. “Salom dunyo” matnini konsolga chiqarib beruvchi dastur tuzing. 5. Birlamchi kod fayli qanday kengaytmaga ega bo’lishi kerak? 6. Bayt kod fayli qanday kengaytmaga ega?
JAVA DASTURLASH TILINING ASOSIY STRUKTURASI
Java birlamchi kod strukturasi va main()
metodi Java dasturlash tilida birlamchi kod birlamchi kod fayliga kiritilib bitta klassni ifodalaydi. Klass dasturning bir qismini namoyon etadi, ba’zi xollarda kichik dastur bitta klassdan iborat bo’lishi mumkin. Klass figurali qavslar ichida yozilishi kerak. public class Programl { //dastur kodi } Klass odatda bir necha metodlarni o’z ichiga olishi mumkin. Metodlar ushbu klassga doir amallarni bajarish ko’rsatmalaridan tashkil topadi. Metodlar klass ichida, ya’ni figurali qavslar orasida, e’lon qilinishi kerak. public class Programl { void go() { //metod kodi } }
kiritiladi. Metod odatda bir-necha ifodalar to’plamidan tashkil topadi. Umumlashtirib aytganda, klass birlamchi kod fayliga kiritiladi. Metodlar klass ichiga kiritiladi. Ifodalar metodlar ichiga kiritiladi. Java virtual mashinasi ishga tushganda u bajarayotgan klassda joylashgan quyidagi metodni izlaydi: public static void main(String[] args) { //metod kodi } Keyin esa ushbu metodning figurali qavslari ichida joylashgan barcha instruktsiyalarni bajaradi. Xar-bir Java dasturi kamida bitta klassni va bitta main() metodini o’z ichiga olishi kerak.
Izohlar Dastur yozish mobaynida ushbu dasturda ishlatilayotgan elementlar va qo’llanilayotgan usullarga izoh yozish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ayniqsa dastur yozish uchun uzoq vaqt talab etilsa yoki bir dasturni bir necha dasturchi yozayotgan bo’lsa ushbu izohlar axamiyati yanada yoqori bo’ladi. Java dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari singari izohlar dastur bajarilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi va ular dasturchi uchun ma’lumot sifatida qo’llaniladi. Java dasturlash tilida izoh qo’yishni uch xilusuli mavjud. Eng keng tarqalgan usuli bu izoh boshiga // simvollarini qo’yishdir. Ushbu simvollardan keyin joylashgan elementlar qatorning oxirigacha izoh xisoblanadi. Masalan: System.out.println("Salom!"); //ushbu qator konsolga matn chiqarib beradi yoki //quyidagi operator x qiymatini bir qiymatga oshiradi x++; Agar uzunroq izoh berish kerak bo’lsa, bir necha qatorni // elemenlari bilan belgilash mumkin, yoki ikkinchi usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda / 1 va */ belgili cheklovchilaridan foydalaniladi. Birinchi belgi izoh boshiga ikkinchisi izoh oxiriga qo’yiladi. Masalan: /* Quyidagi dastur Java dasturlash tilida yozilgan bo'lib U konsolga Salom so'zimi chiqarib beradi */
public class SalomDasturi { public static void main(String[] args) { System.out.println("Salom"); } } Izoh berishning uchunchi usuli dasturning izohlariga asosan xujjatlarni avtomatik xosil qilish uchun ishlatiladi. Ushbu izohlar /** va */ belgilari bilan chegaralanadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling