Dasturlash tili
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Java haqida boshlangich darslik by Ali Artukov (z-lib.org)
Interfeyslar
Java dasturlash tilida interfeys deb ushbu interfeysga to’g’ri kelish uchun klasslarga qo’yiladigan talablar to’plami xisoblanadi. Interfeys klass bajarishi kerak bo’lgan metodlar to’plamini e’lon qiladi. Interfeys to’laqon abstrakt klassga, ya’ni barcha metodlari abstrakt bo’lgan klass, o’xshaydi. Interfeysni interface kalit so’zi bilan e’lon qilinadi va interfeysda abstrakt, ya’ni metod tanasi bo’lmagan metodlar e’lon qilinadi. Interfeysda e’lon qilingan barcha metodlar avtomatik public
va abstract xisoblangani uchun ushbu o’zgartiruvchilarni metod nomi oldiga qo’yish shart emas. Masalan: interface Driveable { void dvigatelniYurgizish(); void dvigatelniTuxtatish(); float tezlashish(float t); } Interfeysni bajarish uchun implements kalit so’zidan foydalaniladi. public class Mototsikl implements Driveable { public void dvigatelniYurgizish() { //mototsiklga xos dvigatelni yurgizish kodi public void yukTashish()
public void dvigatelniTuxtatish() { //mototsiklga xos dvigatelni tuxtatish kodi } public float tezlashish(float t) { //mototsiklga xos tezlashish kodi } }
Mototsikl klassi
Driveable interfeysini implements kalit so’zi yordamida bajarmoqda. Mototsikl klassi Driveable interfeysni uchta metodini ushbu klassga xos ravishda bajarmoqda. Avval aytib o’tilganidek klass faqatqina bitta klassni kengaytirishi mumkin. Bundan farqli o’laroq, klass bir nechta interfeyslarni bajarishi mumkin. Masalan: public class Mototsikl implements Driveable, Compareable { } Bu xolatda Mototsikl klassi Driveable va Compareable interfeyslarida e’lon qilingan metodlarni bajarishi kerak. Interfeys klass xisoblanmaydi va ular obyekt yaratish uchun andoza bo’la olmaydi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling