Dasturlash tillari kursining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. “Dasturlash tillari” fani yo‘nalishning o‘quv rejasidagi “Algoritmlar va berilganlar strukturasi”, “Analitik geometriya va chiziqli algebra”, “Diskret matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog‘liq. Fan mazmuni yo‘nalishning o‘quv rejasidagi “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari”, “Web dasturlash texnologiyalari”, “Tizimli dasturlash” fanlarini o‘zlashtirishda tayanch hisoblanadi.
“Dasturlash tillari” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o‘quv yilining 1-2-3-semestrlarida o‘qitiladi. Fanni o‘qitish ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.
Mazkur dasturga ko‘ra ushbu fan doirasida ko‘plab model masalalar o‘rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko‘nikmalarini ishlab-chiqarishda, ilmiy- tadqiqot ishlarida, shuningdek, talim tizimida samarali foydalanishi imkonini beradi.
Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi.
Kompyutеr uchun masalaga dastur tuzish jarayoni dasturlash dеyiladi. Kompyutеr tushunadigan ko’rsatmalar va qonun - qoidalar asosidagi yozuvlar dasturlash tili dеb ataladi.
Dasturlash tillari quyidagi uch guruhga bo’linadi:
Quyi darajadagi dasturlash tillari.
O’rta darajadagi dasturlash tillari.
Yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |