3. Pascal tilida yozilgan dasturning tuzilishi
Paskal tilida yozilgan dastur, dastur sarlavhasi va dastur oxirini bildiruvchi
nuqta belgisidan tashkil topgan dastur tanasi (blok)dan iborat. O„z navbatida blok,
tavsiflash bo„limlaridan va buyruqlar bo„limlaridan tashkil topgan.
Paskal tilidagi dasturning tuzilishi umumiy holda quyidagicha ko„rinishda
bo„ladi:
Program ;
Uses ;
Label ;
Const ;
Type ;
Var ;
Procedure yoki Function ;
BEGIN
;
END.
Amaliyotda dasturni yozishda const, type, var, label bo„limlari ixtiyoriy
tartibda bir-biridan keyin va qancha kerak bo„lsa shuncha tavsiflar bo„limi
uchrashi, hamda umuman bo„lmasligi mumkin. Uses bo„limi program bo„limidan
keyin bir marta tavsiflanadi.
Buyruqlar bo„limi asosiy hisoblanadi va har qanday dasturda bo„lishi shart.
Buyruqlarni yozishda nuqtali vergul belgisini ishlatish qoidasiga roiya qilish
lozim:
Nuqtali vergul tavsiflash bo„limlari unit, uses, const, type, var, label
maxsus so„zlaridan keyin qo„yilmaydi va har bir tavsiflash tugashiga qo„yiladi.
Nuqtali vergul begin so„zidan keyin va end so„zidan oldin qo„yilmaydi, bu
so„zlar buyruqlar emas qavs operatorlari hisoblanadi.
Nuqtali vergul ajratuvchi buyruq hisoblanadi va buyruqlar orasiga
qo„ymaslikni kompilyatsiya xato hisoblaydi.
Sikl buyrug„ida nuqtali vergul while, repeat, do va until so„zlaridan keyin
qo„yilmaydi.
Shartli buyruqda nuqtali vergul then so„zidan keyin va else so„zidan oldin
qo„yilmaydi.