Dasturlash tillari yordamida dasturlarni ishlab chiqish reja : Dasturlash tillari haqida umumiy ma‟lumotlar Pascal tilining asosiy elementlari
Download 334.31 Kb. Pdf ko'rish
|
11 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- World Wide Web
DASTURLASH TILLARI YORDAMIDA DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH Reja : 1. Dasturlash tillari haqida umumiy ma‟lumotlar 2. Pascal tilining asosiy elementlari 3. Pascal tilida yozilgan dasturning tuzilishi Tayanch so’z va iboralar: dasturlash tili,pascal,ifodalar, elementlar
Ilk bor kompyuterlar uchun dasturlar yaratish hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan bajarilgan. Keyinchalik, texnikaning rivojlanishi oqibatida, ushbu jarayon yuqori idrokli jarayonga aylandi. Chunki har bir dasturni tuzishda maxsus ilmiy bilimlarga ega bo„lgan va chuqur fikrlash qobiliyatlari mavjud mutaxassis talab etiladi. Ushbu mutaxassisni biz dasturlovchi deb nomlaymiz. Dasturlovchi hozirgi kunda fanlarning ko„p sohalarini chuqur bilishi, mantiqiy va abstrakt fikrlash qobiliyati, yangiliklarni qo„llashda iste‟dod sohibi, xirurgday aniqlik va yozuvchidek badiiy asarlar yaratish qobiliyatlariga ega bo„lgan shaxsdek bo„lishi kerak. Shu bois ham dasturlovchilarning mahsulotlarini san‟at asari yoki ilmiy ishlanma bilan taqqoslash mumkin. Dasturlash ko„nikmalarini hosil qilish va mahoratni oshirish uchun faqatgina har xil masalalar uchun dasturlar tuzish lozim bo„ladi. Dasturlovchi masalani yechishda quyidagilarni bajarishi kerak: - masalani chuqur anglab olish; - umumiy yechimga olib keluvchi rejani tuzish; - reja asosida dasturni tuzish; - natijani tahlil qilish. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun dasturlovchi ko„p sohalardan bilimga ega bo„lishi kerak. Dasturlash tillari quyi va yuqori darajali tillarga tasniflanadi. Quyi darajali tillarga quyidagilar kiradi: mashina tillari – kompyuterning kodlar tizimi;
mashinaga yo„naltirilgan tillar – assembler, mnemokod. Yuqori darajali tillarga quyidagilar kiradi:
muammoli yo„naltirilgan tillar – Fortran, Algol, Kobol, Ada va b.; universal tillar – Algol 68, PL\1, Pascal, QBasic, C++, C# va b.; loyihalovchi dasturlash tillari – Visual Basic, Delphi, MS Visual Si#, Borland C++ Builder va b.; gipermatn tuzuvchi tillar – HTML, XML va b.; jarayonni aniqlashtiruvchi tillar – makroslar, MS Office dasturlarida keng qo„llaniladi;
tizimlarni modellashtiruvchi tillar – GPSS (General PurPose Simulating System) – modellarni dasturlash jarayonini avtomatlashtiruvchi tillar. Quyi darajali dasturlash tili – protsessordagi jarayonni amalga oshiruvchi til. Ushbu tillarda dasturlar yaratish dasturlovchidan maxsus tayyorgarlikni va maxoratni talab qiladi. Ushbu tillarda mashina kodlarida yoziladi. Ushbu dasturlar kompyuter uchun samarali bo„lsada, inson tomonidan uni o„qib, tushinib olish juda qiyin hisoblanadi. Bunda dasturlovchi xotira adreslari bilan ishlashiga to„g„ri keladi. Ilk bor haqiqiy dasturlash tili deb e‟tirof etilgan til – 1949-yilda Mochli boshchiligida yaratilgan ShortCode (qisqartirilgan kod). Bunda ifodalarni ikkilik sonlar bilan emas, balkim ikki belgili kombinatsiyalar orqali yozish mumkin bo„lgan. Assembler tili – mashinaga yo„naltirilgan til bo„lib, mashina tilini belgilar bilan tasvirlaydi va u mnemonika (ingl. mnemonic) deyiladi. Mnemonika asosida tuzilgan mashina buyruqlari mnemokod (ingl. Mnemonic code ) deyiladi. Bir necha mnemokodlarni to„plab, ularni makrobuyruq sifatida alohida nomlab, keyinchalik uni nomi bilan chaqirib, qo„llash mumkin bo„ladi. Shunga qaramasdan ushbu tilda ham dasturlarni tuzish murakkab va hajmi jihatidan juda katta bo„lib ketadi. Lekin, kompyuter qurilmalari bilan ishlaydigan dasturlar uchun juda samarali hisoblanadi. Shu bois, tushinarli va qulay bo„lgan dasturlash tillarini yaratishga ehtiyoj juda katta bo„lgan. Yuqori darajali dasturlash tillari inson tillariga juda yaqin bo„lib, uni o„rganib olish ko„p qiyinchilik tug„dirmaydi. 1954-1957-yillarda IBM firmasida Djon Bekus boshchiligida Fortran (Formula Translation) dasturlash tili yaratildi. Unda matematika va injenerlik sohalariga taaluqli masalalar yechiladi. Dasturda kodlarni yozilishida qat‟iy qoidalar yengillashtirilgan, masalan, matematik formulalar qariyb odatiy ko„rinishda yoziladi. 1958-yilda Syurixda o„tkazilgan ilmiy majlisdan so„ng ALGOL (ALGorithmic Language) dasturlash tili yaratildi. Bu til ham hisoblash jarayonlarini dasturlashga qaratilgan bo„lib, unda dastur bloklanib yoziladi. 1959-yilda tijorat masalalarini yechishga qaratilgan COBOL (Common Business Oriented Language ) – universal til bo„lib, juda yaxshi tarkiblangan tildir. Cobol dasturi to„rt qismdan tashkil topgan bo„lib, ular aniq ketma-ketlikda bo„ladi: identifikatsiyalash (unda dasturning nomi, yordamchi ma‟lumotlar) ; qurilmalar (kompyuterning ko„rsatkichlari); ma‟lumotlar (qayta ishlanadigan ma‟lumotlar tavsifi beriladi); protseduralar. 1964-yilda IBM tomonidan PL\1 (Programming Language One) tili taklif etildi. Unda Fortran, Algol-60 va Cobol tillarining imkoniyatlari jamlangan edi. Bu esa uni murakkablashtirib, o„rganishga noqulaylik tug„dirdi. 1961-1965-yillarda Djon Makkarti tomonidan LISP (List Processing Language) tili taklif etildi. Ushbu til «ro„yxat»ni qayta ishlovchi belgili tildir. «Ro„yxat» sifatida algebraik ifoda, graf, to„plam va shunga o„xshash tushunchalar bo„lishi mumkin.
1966-yilda Rossiyalik Valentin Turchin tomonidan REFAL (RYekursivnix Funksiy ALgoritmicheskiy) tili taklif etildi. Ushbu til funktsional dasturlash tili hisoblanib, belgilarni qayta ishlashga qaratilgan bo„lib, unda qatorni qayta ishlash, algebraik ifodalarni qayta ishlash, matnni tarjima qilish, sun‟iy idrok sohasidagi masalalarni yechishga qaratilgan. 1965-yilda Kiyevdagi Kibernetika institutida akademik V.M.Glushkov boshchiligida Almir ishlab chiqildi. U Algol tiliga o„xshash bo„lib, faqatgina kirill alifbosidan foydalangan. 1971-1972-yillarda Alan Kolmari tomonidan Prolog (Programming in Logic) tili taklif etildi. Ushbu til sun‟iy idrok tizimlarini yaratishga qaratilgan. Ushbu til orqali kompyuter «fikrlashtirish» qobiliyatini yaratish mumkin bo„ladi. 1965-yilda Djon Kemeni va Tomas Kurtz tomonlaridan BASIC (Beginner‟s All-purpose Symbolic Instruction Code ) tili ishlab chiqildi. Shu yerda ta‟kidlash lozimkim, 1975 yilda Pol Allen va Bill Geyts Altair 8800 mikrokompyuteri uchun ilk bor Basic tili dasturini kiritishgan, keyinchalik ular mashxur Microsoft kompaniyasini yaratishdi. 1969-yilda N.Virt tomonidan Pascal tili yaratildi. Ba‟zi bir adabiyotlarda uning kelib chiqishini Paskal olimiga bag„ishlangan deyilgan bo„lsa, boshqalarida “Philips Automatic Sequence CALculator” so„zlaridan kelib chiqqan deb yozilgan. U yuqori darajadagi algoritmik til hisoblanib quyidagilarga ega: 1. Dasturlashtirish konsepsiyasini va tarkibini tizimli va aniq ifodalaydi; 2. Dastur tuzishni tizimli olib borish imkonini beradi. 3. Dastur tuzish uchun boy termin, tarkiblanish sxemalariga ega. 4. Hosil bo„lgan xatoliklarni tahlil qilish tizimiga ega bo„lib, u dasturlashtirishni ma‟lum darajada o„rgatishni tashkil eta oladi. 1975-1980-yillarda J.Ishbia boshchiligida Ada tili yaratildi. Eng qiziqarlisi, ushbu til bevosita Pentagon tomonidan buyurilgan bo„lib, harbiy obyektlarning bort tizimlarini boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Ada tili obyektga yo„naltirilgan dasturlash tillariga mansub bo„lib, bevosita Pascal tiliga o„xshash hisoblanadi. 1979-yilda N.Virt tomonidan Modula-2 tili yaratildi. Unda ham Pascal tiliga o„xshashlik va modullik tamoyilligi mavjud. 1987-yilda N.Virt Oberon tilini yaratdi. Unda ko„p yaxshi jihatlarni umumlashtiruvchi til sifatida qarash kerak, shu o„rinda kombinatsiyalashgan tiplar, obyektga yo„naltirilgan dasturlash. Bundan tashqari translyatsiya jarayonida dastur kodlarini qat‟iyatlik bilan nazorat qilish imkoni mavjud. 1972-yilda D.Ritchi va B.Karnigan “C” dasturlash tilini yaratishdi. Keyinchalik 1979-yilda Bern Stroustrop C tiliga klass tushunchasini kiritdi va 1983-yilda C++ tilini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda bir necha ming dasturlash tillari mavjud. Ulardan keng tarqalgani loyihalovchi dasturlash tillari – Visual dasturlash tizimlari, bularga Visual Basic, Delphi, C++ Buelder, Visual C++ tillarini misol qilib aytish mumkin. Ilk bor 1991- 1993-yillarda Microsoft firmasida Visual Basic yaratildi. 1995-yilda Borland firmasi Delphi tilini ishlab chiqdi, Microsoft esa Visual C++ tilini yaratdi. Internetning rivojlanishi quyidagi tillarning yaratilishi bilan bog„liq bo„ldi.
1987-yilda Larry Wall PERL (Practical Extraction and Report Language) – tilini yaratdi. Undan ma‟lumotlarni fayllardan o„qib olish va hisobotlarni tuzishda foydalanish mumkin. U orqali katta hajmdagi matnlar va fayllar qayta ishlanadi. Tilning sintaksis qoidalari C tiliga o„xshash . Ushbu tilda web-serverlar bilan muloqotga kirish va HTML shakllaridan ma‟lumotlarni o„qib olish mumkin bo„ladi. 1991-yilda “Sun Microsystem” firmasi tomonidan Java tili yaratildi. Ushbu tilni D.Gosling, P.Noton, K.Vort, E.Frenk, M.Sheridanlar ishlab chiqqanlar va uni OAK deb nomlashgan. Asosiy maqsad – har xil platformalarda ishlaydigan dasturlash tili yaratish bo„lgan. Java tilida istalgan masalalarni yechimini aniqlash mumkin, undan tashqari u veb-sahifalarning imkoniyatlarini kengaytirish imkoniga ega. Java tilida tuzilgan dastur kompyuter arxitekturasiga bog„liq emas, bunga esa Java dasturi maxsus mustaqil bayt-kodga translyatsiya qilinadi. Java tilida kompyuter viruslaridan va ruxsatsiz kirishlardan himoya mavjud. Keyinchalik Netscape firmasi LiveScript tilini ishlab chiqdi. U orqali HTML fayllariga oddiy dasturlarni kiritish mumkin bo„lgan. Sun firmasining ruxsati bilan ushbu til JavaScript deb nomlandi. HTML (Hyper-Text Markup Language) – web-sahifalarni yaratish uchun qo„llaniladigan til. Ushbu tilda matn, grafika, jadvallar va boshqa obyektlarni joylashtirish teglar orqali amalga oshiriladi. Bu faylni ochish uchun esa maxsus brauzerlar ishlab chiqilgan. Uning faqatgina HTML 2.0 versiyasi standart sifatida 1995-yilda qabul qilindi. Jeneva SERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o„zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib Xalqaro axborot tarmog„i – World Wide Web (WWW) ga poydevor bo„ldi. Ushbu kashfiyot Dunyo olimlari tomonidan maxsus Mingyillik sovriniga The Millennium Technology Prize tavsiya etildi. Ushbu sovrin (The Millennium Technology Prize) – Finlyandiya tomonidan joriy etilgan eng yirik xalqaro sovrin bo„lib, odamlarni xayotini o„zgartirishga qaratilgan eng yirik texnologik kashfiyotlar uchun taqdim etiladi. Sovrindorlar tanlovi har 2 yilda o„tkaziladi. Ilk bor ushbu sovrin 2004-yili Tim Berners-Liga berildi. 1991-yilda Gollandiyalik Guido van Rossum tomonidan “Python” tili yaratildi.
Unda
dasturlash texnologiyalarining barcha imkoniyatlari mujassamlashtirilgan: tarkiblangan, obyektga yo„naltilgan, funktsional, imperativ va aspektli yo„naltilgan . 1994-yilda Daniyalik Rasmus Lerdorf tomonidan PHP (Personal Home Page) tili yaratildi. Unda dinamik veb-sahifalarni yaratish imkoniyatlari mavjud bo„lib, hozirgi kunda keng qo„llaniladigan tillardan biridir. SQL (Structured Query Language)– protsedurasiz yuqori darajali dasturlash tili, shu bilan u boshqa algoritmik tillardan farqlanadi. U relyatsion ma‟lumotlar bazasida ma‟lumotlarni yaratish, qayta ishlash va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu tilni ishlab chiqish 1970-yillarda IBM firmasida boshlangan va SEQUEL (Structured English QUEry Language ) tili yaratilgan. 1986-yilda ANSI standarti tomonidan SQL deb qayd qilingan.
2000-yilda Microsoft firmasida Anders Xeylsberg tomonidan C# (Si sharp) ishlab chiqildi. Unda .NET Framework muhitida ishlash imkoni va shu bois boshqa tillarga muammosiz ko„chirilishi mumkin bo„ladi.
Download 334.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling