Dasturlash tillarining tuzilmasi


Algoritmlarni tasvirlash usullari


Download 62.28 Kb.
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi62.28 Kb.
#1327249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Algoritmlarni tasvirlash usullari. Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:

  • soʻzlar yordamida (ogʻzaki nutqda ishl/atiladigan soʻzlar yordamida, tabiiy tilda);

  • grafik usulda (grafik simvollar yordamida);

  • dastur koʻrinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi soʻzlar, operator va funksiyalar yordamida);

  • formulalar yordamida (matematik formulalardan foydalangan

holda, analitik koʻrinishda);

  • makrotildan foydalangan holda (dasturlovchi va EHMga tushunarli boʻlgan makrobuyruqlar yordamida);

  • jadval koʻrinishida (mantiqiy algebra elementlaridan foydalangan holda).

Algoritmlarni soʻzlar yordamida tasvirlash.Algoritmlarni soʻzlar yordamida tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va koʻrsatmalar ketmaket ogʻzaki nutqda ishlatiladigan soʻzlar orqali yoziladi.
Masalan, Ikki sonning eng katta umumiy boʻluvchisini (EKUB) topish algoritmi quyidagicha yozilishi mumkin:

  1. Ikkita sonni kiriting;

  2. Agarda bu sonlar teng boʻlsa, u holda ulardan birini javob sifatida oling va ishni toʻxtating, aks holda esa davom ettiring;

  3. Ikkita son ichida kattasini aniqlang;

  4. Katta va kichik sonlarning ayirmasini katta son bilan almashtiring;

  5. Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.

Keltirilgan algoritmni har qanday natural sonlarning EKUBini topish uchun ishlatish mumkin.
Algoritmlarni soʻzlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiligi mavjud boʻlib, aksariyat hollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi.
Algoritmlarnigrafik usulda tasvirlash.Algoritmlarnigrafikusuldatasvirlashdaharbiramalbiryokibirnec htaharakatniifodalovchioʻzarobogʻliqfunksionalbloklarketmaketligiorqalitasvirlanadi.
Algoritmning bunday tasvirlash usuli algoritm sxemasi yoki bloksxema deb ataladi.Blok-sxemada har bir harakat turi (boshlangʻich qiymatlarni kiritish, ifodalar qiymatlarini hisoblash, shartlarni tekshirish, amallarni takrorlashni boshqarish, qayta ishlashni tugatish va h.k.) maʻlum bir geometrik figura orqali ifodalanadi.
Blokli belgilar (geometrik figuralar) chiziqlar orqali bogʻlanadi (bunda qaysi amal oldin, qaysinisi keyin bajarilishi koʻrsatiladi).

1.9- jadval blok-sxemada ishlatiladigan bloklarni aks etadi.



  • “Oddiy harakat” belgisi orqali formulalar, hisob-kitob, oʻzlashtirish amallari ifodalaniladi. Bir nechta amallarni alohida yoki bitta belgi orqali ifodalash mumkin.

  • “Shart tekshirish” bloki orqali amallar bajarilish yoʻnalishi shart bajarilishi asosida koʻrsatiladi. Bundayblokningharbiridasavol, shartyokimunosabatkoʻrsatiladi.

  • “Sikl” bloki amallarni takrorlash uchun ishlatiladi. Blok ichida siklning boshi va oxirini koʻrsatuvchi parametr (i), parametrning oʻzgarish qadami koʻrsatiladi.

  • “Yordamchi algoritmga murojaat” bloki alohida va mustaqil ishlovchi qism dastur va yordamchi algoritmlarga murojaatni bildiradi.

Har kanday algoritmning mantiqiy tuzilishi uchta asosiy elementlar orqali ifoda qilinishi mumkin:

  • ketma-ketlik(chiziqli);

  • tarmoqlanish;

  • takrorlanish (sikl)

  1. Chiziqli algoritm tuzilmasi ketma-ket bajariladigan buyruqlar tizimidan iborat boʻladi:

    harakat 2
    . . . . . . . . . harakat n


  2. Tarmoqlanish. Bu tuzilma shart bajarilishi natijasiga qarab (ha yoki yoʻq) algoritmni bajarish yoʻnalishini belgilaydi.

Tarmoqlanish tuzilmasi toʻrtta koʻrinishda boʻlishi mumkin:

  • agar-u holda;

  • agar-u holda-aks holda;

  • shartlar ketma-ketligi agar-u holda;

  • shartlar ketma-ketligi agar-u holda-aks holda.

3. Sikl tuzilmasi buyruq, koʻrsatma va amallarni koʻp marotaba bajarilishini taʻminlaydi.
Takrorlashnitaʻminlashningasosiyturlariushbujadvaldakoʻrsatilgan:
Ogʻzaki soʻzlar orqali Blok-sxema tilida
Toki sikl turi
Toki soʻzidan keyin keluvchi shart bajarilgunga qadar sikl tanasida koʻrsatilgan buyruqlar bajariladi.
yo’q
?
Sikl boshi toki shart ha
Sikl tanasi (buyruklar ketma-ketligi) Sikl tanasi
Sikl oxiri
Uchun sikl turi

Sikl oʻzgaruvchisi (sikl parametri) barcha qiymatlarni qabul qilgunga qadar sikl tanasida koʻrsatilgan buyruqlar bajariladi.
Sikl boshi i uchun 1 dan 2 gacha I=1,2
Sikl tanasi (buyruqlar ketma-ketligi)
Sikl oxiri Sikl tanasi

Download 62.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling