C++ tilida kata va kichik harflarning farqi bor. Bundan tashqari kalit soʻzlar ham bor. Kompilyatorlarni turlari va versiyalariga qarab har hil xatoliklar kelib chiqishi mumkin:
kalit soʻzlarni notoʻgʻri ishlatish;
oʻzgaruvchilarni yaratish va foydalanishda;
ingliz tilini bilish darajasiga ham bogʻliq; 4- operatorlarni noʻtoʻgri ishlatish; 5- kutubxonalardan foydalanishda.
Preprotsessor direktivalari. Preprotsessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprotsessor tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprotsessor direktivalari asosida oʻzgartiriladi.
#includebu direktiva standart kutubxonalardagi funksiyalarni dasturga joylash uchun foydalaniladi.
#define
Bu direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi.
Misol:
#include
#define begin {
#define end }
#define pr printf("\n Dasturlash \n"); int main(){ begin pr; end;}
Almashtiruvchi define direktivasidan nomlangan konstantalar kiritish uchun foydalanish mumkindir.
Misol uchun:
#define ZERO 0
Agar dasturda quyidagi matn mavjud boʻlsin:
int d = ZERO;
Preprotsessor bu matnda har bir ZERO konstantani uning qiymati bilan almashtiradi va natijada quyidagi ifoda hosil boʻladi.
int d = 0;
Preprosessorlarni boshqarish
oldindan tayyorlangan simvollar ketma ketligi bilan identifikatorlarni almashtirish ;
koʻrsatilgan fayldagi matnni dasturga ulash(bogʻlash) ;
dasturdan baʻzi qismlarni olib tashlash (shartli kompilyasiya) .
Preprosessor direktivalaridan tashqari preprosessor amallari xam mavjud, ular buyruqlar bilan birgalikda batafsil oʻrganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |