Tayanch so’z va iboralar: Davlat soliq siyosatini amalga oshirish, umumiy vakolatli davlat organlari, maxsus vakolatli davlat organlari, davlat vakolatli organlari faoliyatida qonuniylik tamoyili.
1.Materiallarning kuzatuv yig’ma jildlariga saqlash uchun olish.
Ma’muriy amaliyot sho’basi mas’ul xodimi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’rib chiqilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar, shuningdek sud va boshqa organlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar va jinoyat haqidagi materiallar hamda ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuliga kiritadi.
Davlat soliq xizmati organlarida ko’rib chiqilgan ma’muriy ishlarning yig’ma jildi hamda vakolatli organlarga yuborilgan ma’muriy ishlar va materiallarning kuzatuv yig’ma jildlari davlat soliq xizmati organlarining ma’muriy amaliyot tuzilmalarida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |