Dasturning mazmuni
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning yig’ma jildida bo’lishi lozim bo’lgan hujjatlar
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning yig’ma jildida bo’lishi lozim bo’lgan hujjatlar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijro etib bo’lingach, ish bo’yicha to’plangan hujjatlar yig’ma jildlarga tikilgan holda ma’muriy ish ko’rilgan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basi (inspektori) zimmasida saqlanadi. Davlat soliq organlarida yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning yig’ma jildida quyidagi hujjatlar bo’lishi lozim: - hujjatlarning ro’yxati; - ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma; - soliq tekshiruvi materiallari yoki/va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ma’lumotlar; - hujjatlar yoki huquqbuzarlik predmetlari olib qo’yilgan bo’lsa, olib qo’yish bayonnomasi, mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, ekspertning xulosasi va mol-mulkni baholash to’g’risidagi xulosa yoki dalolatnoma; - soliq to’lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslari, boshqa moddiy javobgar xodimlari, guvohlar bo’lgan taqdirda mazkur shaxslarning tushuntirishlar xatlari; - huquqbuzarlarning shaxsiga oid ma’lumotlari; - huquqbuzar(lar) muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligi to’g’risida ma’lumotnoma; - huquqbuzar(lar)ga ishni ko’rib chiqish vaqti va joyi haqida yuborilgan xabarnoma nusxasi; - ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasi; - ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror; - qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilganligi to’g’risida tilxat yoki unga jo’natilganligini tasdiqlovchi hujjat; - ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko’rish to’g’risidagi taqdimnoma nusxasi va uning muhokamasi, agar kiritilgan bo’lsa; - ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qaror ijrosi to’g’risidagi ma’lumot. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan sud, prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi departament, MXX, IIV va boshqa nazorat qiluvchi organlarga qonuniy chora ko’rish uchun yuborilgan materiallarning kuzatuv yig’ma jildida quyidagi hujjatlar bo’lishi lozim: - hujjatlarni yuborish haqidagi aloqa xati; - yuborilgan hujjatlarning ro’yxati; - soliq tekshiruvi materiallari yoki/va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ma’lumotlar nusxasi; - sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qaror nusxasi yoxud qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumot.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling