Dasturning mazmuni


Ma’lumotlarning yagona bazasiga murojat qilish tartibi


Download 1.98 Mb.
bet220/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

3.Ma’lumotlarning yagona bazasiga murojat qilish tartibi.

Shaxsni ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishda, shuningdek Jinoyat kodeksi moddalari bo’yicha jinoiy javobgarlikka tortishda shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilganligini tekshirish to’g’risidagi talabnoma jo’natilishi shart.

Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi.

Talabnoma «Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida»gi Nizomga aniq muvofiq holda to’ldiriladi, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organ muhri (shtampi) bilan tasdiqlanadi.

Elektron aloqa mavjud bo’lgan taqdirda talabnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan elektron formatda bajariladi.

So’rovsiz rejimda zarur axborot olish uchun vakolatli organning markaziy bo’linmasida ma’lumotlarning yagona bazasidan elektron tartibida uzoqdan turib foydalanishga yo’l qo’yiladi.

Talabnomani rasmiylashtirishda tekshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi hamda yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz ko’rsatiladi.

«Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida»gi Nizomni buzgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma ijro etilmasdan qaytariladi, bu haqda talabnomada tegishli yozuv qayd etiladi.

Talabnoma u O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tushgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida ijro etiladi va so’rovnomani yuborgan organga pochta orqali jo’natiladi yoki shaxsan taqdim etiladi.

Ma’lumotlar bazasida tekshirilayotgan shaxsga oid ma’lumot bo’lmasa, talabnomaning orqa tomoniga "Ma’lumotlarga ega emasmiz", "Ma’lumotnoma O’zIIV xodimi (familiyasi, ismi) tomonidan berildi" matni bilan shtamp qo’yiladi va tekshirish sanasi ko’rsatiladi.

Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar topilganda ular talabnomaning orqa tomonida ko’rsatiladi va "Ma’lumotnoma O’zIIV xodimi (familiyasi, ismi) tomonidan berildi" matni yozilib, shtamp bilan tasdiqlanadi va tekshirish sanasi qayd etiladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling