Dasturning mazmuni


 Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga tayyorlash


Download 1.98 Mb.
bet44/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga tayyorlash.

-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2011 yil 11 noyabrdagi №329-sonli “Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallari hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir tuzilgan materiallar harakati to’g’risidagi Reglamentni tasdiqlash haqida”gi buyrug’iga asosan soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi rahbari (rahbar o’rinbosari) soliq tekshiruvini amalga oshirgan xodim(lar) yoki soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga mas’ul etib biriktirilgan xodim bilan birgalikda soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni ichida soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga tayyorlaydi.

Bunda:

a) quyidagilarni:



soliq tekshiruvini o’tkazish uchun asos bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o’rinlarda Soliq kodeksi deb yuritiladi) 88-moddasida ko’rsatilgan hujjatlarning nusxalari soliq to’lovchiga tilxat asosida topshirilganligini;

soliq tekshiruvi dalolatnomasi Soliq kodeksining 101-moddasiga muvofiq tuzilganligini;

soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga topshirilganligini;

soliq tekshiruvi dalolatnomasiga soliq tekshiruvini o’tkazish uchun asos bo’lgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirilgan harakatlar to’g’risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosalari (agar tayinlangan bo’lsa), soliq tekshiruvini o’tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo’shilganligini;

soliq to’lovchi tomonidan soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo’yicha o’zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini taqdim etgan-etmaganligini o’rganib chiqadi;

b) agar soliq tekshiruvi jarayonida mol-mulk olib qo’yilgan bo’lsa, belgilangan tartibda ekspertiza va baholash o’tkazilishini tashkillishtiradi (Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlari tomonidan o’tkazilgan soliq tekshiruvi jarayonida olib qo’yilgan mol-mulk bo’yicha ekspertiza va baholash xulosalarini ushbu bosh boshqarma va uning tegishli hududiy bo’limidan oladi);

v) shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa hujjatlarni to’playdi.

Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo’yicha o’zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni ichida taqdim etgan taqdirda, soliq tekshiruvi materiallari soliq to’lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko’rib chiqiladi.

Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida ko’rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qilinadi.

Soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi rahbari (rahbar o’rinbosari) soliq tekshiruvi materiallarini ishni ko’rib chiqish tayinlangan sanadan bir kun oldin davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o’rinbosariga taqdim etadi.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling