Dasturning mazmuni


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi


Download 1.98 Mb.
bet84/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma quyidagi tartibda tuziladi:

Bayonnoma tuzilgan sana va joy ko‘rsatiladi;

Bayonnomani tuzgan mansabdor shaxs haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Men, (bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi) ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 279 va 280 moddalariga asosan ushbu bayonnomani tuzdim.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ma’lumotlari va sodir etgan huquqbuzarlikning turi ko‘rsatiladi.

Fuqaro (huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan joyi va sanasi, ish joyi, lavozimi , yashash manzili) quyidagi huquqbuzarlikni sodir etdi: (sodir etgan joyi, vaqti, bu huquqbuzrlikning mohiyati, agar soliq qonunchiligi buzilgan bo‘lsa Soliq kodeksining moddalari, talabi buzilgan boshqa Qonun hujjatlarining nomi, moddasi, bandi va hokazo).

Shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik alomatlari ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda aks etishi.

Fuqaro (huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi) ning xarakatida ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (moddasi nomi) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarning alomatlari mavjud.

Bayonnoma tuzish vaqtida ishtirok etgan guvohlarning ma’lumotlari.

Huquqbuzarlikning guvohlari (Guvohning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi).

Huquqbuzardan olingan tushuntirish xatining qisqacha mazmuni (huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’lumot va o‘zining sodir etgan harakatlariga o‘zi baho beradi).

So‘ngra bayonnomani tuzgan shaxs familiya va ismini yozib, imzo qo‘yadi. Guvohlar familiyasi va ismini yozib, imzo qo‘yadi.

Huquqbuzarga ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquq va burchlari tushuntiriladi. Shundan so‘ng huquqbuzarning familiyasi va ismi yozilib, imzo qo‘yadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga huquqbuzardan olingan tushuntirish xati va guvohlardan olingan tushuntirish xatlari ilova qilinadi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling