Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari
Download 290.74 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1 - ma’ruza. Ma`lumotlar bazasi va ularni boshqarish. Reja: 1. “Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari” fanining tutgan o’rni va ahamiyati. 2. Fanning maqsad va vazifalari. 3. Fan tarixi va rivojining tendentsiyasi. Tayanch iboralar: Axborot, axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ma`lumotlar banki va bazasi, Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari 1. “Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari” fanining tutgan o’rni va ahamiyati. Ma`lumot va axborot tushunchalari. Haqiqiy dunyoni turli xildagi, ba`zan esa o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan hodisalar, voqealar ketma-ketligi jarayoni sifatida idrok etamiz. Qadim zamonlardan buyon insonlar, bu hodisalarni tavsiflashga (hatto uni tushunmagan hollarda ham) harakat qilib kelishgan. Hayotda ro`y bergan va ro`y berishi kerak bo`lgan voqea va hodisalarni tavsiflashni ma`lumot yoki axborot deb qabul qilsak bo`ladi. An`anaviy tarzda ma`lumotlar biror bir muomala vositasi yordamida ifodalanadi (masalan, biror bir tabiiy til yordamida) hamda biror bir aniq tashuvchida (masalan, yog`och, tosh yoki qog`ozga) qayd qilinadi. Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, u holda ma`lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun, foydalaniladigan axborotni ma`lumotlar deb atasa ham bo`ladi. Masalan, qog`ozga guruhdagi talabalar familiyasi va ismini ma`lum tartibda yozib, shu guruh talabalariga ko`rsatsangiz, ular buni aniq bir axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qilishadi. Biroq, talabalar familiyasi va ismidan keyin fanlardan olgan nazorat ballari yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi. Umumlashtirib aytadigan bo`lsak, bizni o`rab turadigan borliq haqidagi kerakli bilimlar yoki har qanday zaruriy ma`lumotlar axborot deb ataladi. Axborot haqida aniq bir ta`rif yo`q. Lekin unga quyidagicha ta`riflarni berish mumkin: Axborot – bu, bizni o`rab turgan dunyo, tabiat va jamiyatdagi voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Axborot – bu, biror faoliyat to`g`risidagi qanaqadir voqea haqidagi xabarlar, bilimlardir. Axborot – bu, atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xususiyatlari va holatlari to`g`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborotni odamlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasidagi signallar ayirboshlashini ifoda etadigan umumiy tushunchalar deyish ham mumkin. Axborot (lotincha informatio-tushuntirish, xabar berish) - xabar, ma`lumot va ko`rsatkichlarning majmuasidir. Axborot tushunchasi real voqe`likning amaliy holatini to`la mazmunda aks ettirishi lozim. Ular taqdim etish usuliga ko`ra matnli, sonli, jadvalli, grafikli, audio, video va boshqa ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Har qanday axborot uchta muhim xususiyatlarga ega bo`lishi lozim: 1. Axborot o`rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to`liq ifodalashi, ya`ni axborot to`liqlik sifatiga ega bo`lishi lozim 2. Axborot ma`lum ma`noda qimmatli bo`lishi lozim. 3. Axborot ishonchli bo`lishi lozim, aks holda uni qayta ishlashga zarurat bo`lmaydi. Demak, shu uchta xususiyatga ega bo`lgan axborotlargina kundalik hayotimizda, kasbi-korimizda foydalanishimiz uchun zarur hisoblanar ekan. Download 290.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling