Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari
Download 290.74 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (2)
EHM va qiymatlar. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi orqali katta hajmli
ma`lumotlar bilan ishlanadi. Ma`lumot esa qiymatga ega. Masalan, aeroflot xizmatida samolyot chiptalarini sotish va samolyotlar o`chishini tashkil qilish xizmatlari amalga oshiriladi. Unda quyidagicha so`zlar ham ishlatiladi: “Samolyot chiptasi 58000 so`m”. Bu erda “58000” qiymat, “Samolyot chiptasi” va “so`m” so`zlari uning semantikasidir. Qiymat va semantika birgalikda aniq bir ma`lumotni ifodalaydi. Ko`pchilik holatlarda qiymatlar va ularning izohi ajratilgan holda beriladi hamda ular birgalikda biror bir ma`noni beradi. Aeroflot xizmatida “Samolyotlar harakati” ma`lumotlari jadval ko`rinishida taqdim qilinadi va unda izohlar yuqori qismida, qiymatlar quyi qismida beriladi. Izoh berish: (mahalliy vaqt) Reys raqami Hafta kunlari Jo`nash joyi Uchish vaqti Kelish joyi Kelish vaqti Samolet tipi Chipta narxi 38 2-4-7 Boku 21.15 Toshkent 0.52 Il-86 35000 57 3-6 Erevan 7.20 Toshkent 9.25 TU-154 42000 1234 2-6 Qozon 22.40 Toshkent 23.50 TU-154 53000 242 1 dan 7 gacha Moskva 14.10 Toshkent 16.15 TU-154 57000 86 2-3-5 Kiev 10.50 Toshkent 13.10 Il-86 78000 137 1-3-6 Toshkent 15.20 Sochi 18.40 Il-86 65000 241 1 dan 7 gacha Toshkent 9.05 Kiev 11.10 TU-154 78000 Ma`lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishda kompyuterdan foydalanilsa qiymatlar va ular izohlarini ajratish lozim bo`ladi. Chunki, kompyuterda asosan qiymatlar bilan ishlanadi. Ma`lumotlarga tegishli bo`lgan ko`pchilik tushuntirishlar kompyuterda aniq bir shaklda qayd qilinmaydi. (Masalan «11.50» qiymati uchish vaqti yoki chipta narxi ekanligini kompyuter «bilmaydi»). Nima sababdan bunday? Ma`lumotning qiymati bilan izohlarini ajratishning ikkita sababi mavjud. Birinchidan, kompyuter tabiiy til singari matnlarni tushunish va ularga munosob tarzda ishlov berish imkoniyatiga ega emas. Ikkinchidan kompyuter xotirasi hajmi cheklangan hamda qimmat turadi. Shuning uchun, qiymatlarni saqlashda xotiradan foydalanilgan, ular izohiga ishlov berish esa an`anaviy tarzda foydalanuvchi zimmasiga yuklatilgan. Foydalanuvchi qiymatlarni inobatga olgan holda izohlarni dasturga mutanosib tarzda joylashtiradi. Masalan, uchinchi qiymat uchun «jo`nash joyi», sakkizinchi qiymat uchun esa «chipta narxi» mos kelishi lozim edi. Download 290.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling