Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari


Axborot tizimi va axborot ta`minoti haqida tushuncha


Download 290.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.02.2023
Hajmi290.74 Kb.
#1214571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza (2)

Axborot tizimi va axborot ta`minoti haqida tushuncha. Kundalik 
hayotimizda bu ma`lumot, bunisi esa axborot deb ajratmaymiz, balki ko`pchilik 
hollarda qisqacha ma`lumot deb talqin qilamiz. Shuning uchun, kelgusida ba`zan 
ma`lumot va ba`zan axborot atamalaridan foydalanamiz. Bizning kundalik 
hayotimiz, har bir qiladigan ishimiz ma`lumotlarni qayta ishlash bilan 
chambarchas bog`lanib ketgan. Umuman olganda, inson ma`lumotni kamida uch 
xil yo`l bilan qayta ishlaydi va unga o`z munosabatini bildiradi. 
1. Fiziologik -jismoniy yo`l bilan qayta ishlash.
2. Ongli ravishda qayta ishlash
3. Aql-idrok va fikrlash asosida qayta ishlash.
Birinchi holda, inson organizmi orqali xabarlarni qabul qilib, shunga qarab 
ma`lumotga o`z munosabatini bildiradi. Misol uchun, issiq choynakdan ehtiyot 
bo`ladi, achchiqni sezib ichmaydi, olovni ko`rib uning oldiga bormaydi va h-zo. 
Ikkinchi va uchinchi hollarda ma`lumotlarni qayta ishlash juda ham murakkab 
bo`lib, u odamning yoshi, hayotiy tajribasi, mutaxassisligi, hatto hulqi va 
xarakteriga, ma`lumot unga qanchalik zarur va h-zolarga bog`liq. Mashina 
dvigatelining notekis ishlashiga haydovchi darrov e`tibor bersa, haydovchi 
bo`lmagan kishi e`tibor bermaydi. Mashina dvigatelining ishlamay qolishi mashina 
egasi uchun muhim axborot bo`lsa, begona kishiga muhim bo`lmagan ma`lumot 
hisoblanadi. Sportchining yutug`i siz uchun unchalik muhim bo`lmasada, u 
sportchining oilasi uchun juda muhim ma`lumot bo`ladi.
Axborotni yaratish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda ishtirok etadigan 
harakatlar ko`rsatmasida axborot tushunchasi ochiladi. Inson uchun axborotlarni 
to`plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, katta hajmli axborotlarni tez 
to`plash va tahlil qilishi uchun esa bu etarli emas. Buning uchun maxsus texnik 
vositalar talab qilinadi. Shu sababli, axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar 
– ularni to`plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli 
vositalarga bo`lgan ehtiyoji ortib borgan. Natijada, har xil uskunalar va texnikalar 
hamda hozirgi kompyuter texnikalari yaratildi va axborot texnologiyalari asriga 
etib kelindi.
Har qanday kompyuter axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va 
foydalanuvchiga taqdim etish xizmatini amalga oshiradi. Zamonaviy kompyuterlar 
amalda hamma narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun odamning o`zi 
nimani istayotganligini aniq bilishi, eng muhimi mashinaga buni qanday bajarish 
kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O`z navbatida mashinaga nimanidir 
tushuntirish faqat yozma tarzda amalga oshiriladi. Komp’yuterga axborotni kiritish 
va u ustida turli amallarni bajarishni talab qilish uchun yozma tarzda taqdim 


qilinadigan 
maxsus 
ko`rsatmalar 
ketma-ketligidan, 
ya`ni 
dasturlardan 
foydalaniladi. Axborotlarga bog`liq har xil amallarni bajaradigan dasturiy vositalar 
majmuasi axborot tizimlari deb ataladi.
Axborot tizimi jamiyat paydo bo`lganidan boshlab mavjud bo`lgan, chunki 
rivojlanishning turli bosqichida ham boshqaruv uchun tizimlashtirilgan, oldindan 
tayyorlangan axborotga ehtiyoj sezilgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari - 
moddiy va nomoddiy mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan 
jarayonlarga tegishlidir. Ular jamiyat rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. Ular 
orqali ishlab chiqarish jarayonlari tezroq takomillashib boradi. Ilmiy adabiyotlarda 
axborot tizimlari haqida so`z yuritilganda “boshqaruv tizimi”, “boshqaruvning 
avtomatlashtirilgan tizimi» “avtomatlashtirilgan axborot tizimlari” atamalaridan 
ko`p foydalaniladi.
“Tizim” - yunoncha “sustema” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, u o`zaro 
bog`langan va belgilangan yaxlitlik, birlikni tashkil qiluvchi qismlar yoki ko`pgina 
elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi.
Har bir axborot tizimi aniq bir ob`ekt uchun yaratiladi va ular quyidagi 
guruhlarga ajratiladi: 
o Qo`lda qilinadigan axborotlar tizimi - ma`lumotlarni qayta ishlash 
funktsiyalarining bir qismi inson tomonidan, boshqasi turli xil texnik vositalar 
yordamida bajariladi. 
o Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi - ma`lumotlarni qayta ishlash 
funktsiyalarining barchasi texnik vositalarda, inson ishtirokisiz bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ma`lumotlarni kompyuter xotirasida 
saqlovchi va kerakli vaqtda ularga ishlov berib, qulay ko`rinishda uni 
foydalanuvchiga taqdim qilishni tashkil qiluvchi dasturiy majmua sifatida 
qarashimiz mumkin. Odatda, bu axborot tizimlari katta hajmdagi ma`lumotlar bilan 
ish ko`radi va ma`lumotlar esa murakkab tuzilmaga ega bo`ladi. Misol sifatida 
an`anaviy bank tizimi, temir yo`l va samolyot chiptalari, mehmonxonalardagi 
o`rinlar va h-zolarni keltirishimiz mumkin.
Axborot tizimi jamiyatning turli sohalarida qo`llaniladi va ularni qo`llash 
natijasida quyidagi masalalarni tez va oson hal etish imkoni yaratiladi: 
o matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga 
boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona natijalarini olish; 
o avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni ishini engillashtirish; 
o axborotning ishonchliligini ta`minlash; 
o muassasada axborot oqimi tuzilishi va hujjat aylanishi tizimini 
takomillashtirish; 
o mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish; 
o yangi mahsulotlarni topish va mahsulot etkazib beruvchilarni korxona 
bilan aloqasini o`rnatish. 
Axborot tizimi saqlaydigan va ishlov beradigan katta hajmdagi ma`lumotlar 
to`plami, tizimning axborot ta`minotini tashkil qiladi. 
Axborot ta`minotining asosiy vazifasi moddiy ob`ektlarni boshqarish va 
samarali qarorlar qabul qilish uchun tizimni aniq ma`lumotlar bilan ta`minlashdan 
iboratdir. Shu sababli, axborot ta`minoti quyidagi shartlarga javob berishi kerak: 


o funktsional masalalarni echish uchun aniq va etarli, to`liq va asosli 
ma`lumotlarni o`z vaqtida etkazib berish; 
o masalalarning o`zaro aloqadorligini ta`minlash; 
o ma`lumotlarni saqlash va qidirishni samarali tashkil qilish; 
o kompyuterlar va undan foydalanuvchilar o`rtasidagi ishlashning tartibini 
tashkil qilish. 
Axborot tizimlari ham rivojlanish evolyutsiyasini boshidan kechirdi. Ular: 
1-avlod: (1960-1970) markaziy EHM negizida «1 korxona 1 qayta ishlash 
nuqtasi» tamoyili bo`yicha qurilgan. 
2 avlod: (1970-1980) Axborot tizimlarining markazlashtirilmagan davrga 
o`tishdagi ilk qadamlari. Bu davrda foydalanuvchilar kichik kompyuterlardan 
foydalangan holda muassasa bo`limlariga axborot tizimlarini joylashtira 
boshladilar. Markazlashmagan ma`lumotlar negizi va amaliy dasturlar asosida 
ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlari shakllandi. 
3-avlod: (1980-1990). Axborot tizimlari markazlashtirilgan holda, ya`ni 
«mijoz-server» texnologiyalari asosida yaratila boshlandi. 
4-avlod:(1990- ) Yuqori darajadagi axborot tizimlari zahiralarini 
markazlashgan holda qayta ishlash va yagona boshqarish quyi darajada 
taqsimlangan qayta ishlash bilan uyg`unlashdi. 

Download 290.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling