Tayanch so’z va iboralar: Davlat soliq xizmati organlari rahbarlari, rahbar o’rinbosarlari, mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasi, ishlarni ko’rib chiqish.
1. Mamuriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni masabdor shaxslar tomonidan ko’rib chiqish muddatlari.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 305-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ish mazkur ishni ko’rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o’n besh kunlik muddat ichida ko’rib chiqiladi.
Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 164-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishlar — uch sutka ichida ko’rib chiqiladi.
Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 36-moddasiga muvofiq mamuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo’zg’atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo’lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida mamuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lsa, mamuriy jazo chorasi jinoyat ishi qo’zg’atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin.
Basharti mamuriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o’tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi mamuriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo’lsa, mazkur shaxs mamuriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |