3.Amaliy mashg’ulot.
DSI xodimlari tomonidan tumanda faoliyat olib borayotgan MCHJ ning 2014-2015 yillardagi faoliyatida O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan belgilangan dastur asosida hujjatli tekshirish o’tkazilgan. Tekshirishda MCHJ rahbari tomonidan 2014-2015 yillar davomida foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibini buzgan holda olib borganligi, natijada soliq turlariga jami 4261,5 ming so’m qo’shimcha soliq hisoblangan. MCHJ rahbari hisobchisining bu harakati bilan O’zbekiston Respublikasi mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Ma’lumotlardan foydalanib ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |