Dasturning mazmuni


Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasini rasmiylashtirish


Download 1.98 Mb.
bet123/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasini rasmiylashtirish.

Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 308-moddasiga binoan mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish paytida Davlat soliq xizmati organlari bayonnoma yuritadi. Unda:

1) majlis bo’lgan sana va joy;

2) ishni ko’rib chiquvchi organning nomi va tarkibi;

3) ko’rilayotgan ishning mazmuni;

4) ishda qatnashuvchi shaxslarning hozir bo’lgan-bo’lmaganligi haqidagi malumotlar;

5) ishni ko’rishda qatnashuvchi shaxslarning tushuntirishlari, ularning iltimoslari va bu iltimoslarni ko’rib chiqish natijalari;

6) ishni ko’rib chiqish paytida o’rganilgan hujjatlar va ashyoviy dalillar;

7) qabul qilingan qarorni o’qib eshittirish to’g’risidagi malumotlar va qaror ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirilganligi ko’rsatilgan bo’ladi.

Mamuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning, jabrlanuvchining va o’zga manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishning mansabdor shaxs tomonidan ko’rib chiqilishi qanday borayotganligi yuqoridagi talablariga muvofiq ravishda yuritiluvchi bayonnomada aks ettiriladi.

Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasi tegishincha organ majlisidagi raislik qiluvchi va kotib tomonidan yoki ishni ko’rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling