Dasturning mazmuni
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi; O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks; O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi; O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son); O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2010 yil 3 mart №49-son). MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDA BAYONNOMA 2015 yil « » _____________ Farg’ona shahri
Fuqaro Rafiqov Sobirjon Karimovich 16.05.1985-yilda tug’ilgan, o’zbek, O’zbekiston fuqarosi, ma’lumoti o’rta, muqaddam DSI tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilmagan, “Bunyodkor-2000” xususiy firmasida boshliq vazifasida ishlaydi, Farg’ona tumani Vodil qishlog’ida yashaydi. Fuqaro Rafiqov Sobirjon Karimovich quyidagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan: Farg’ona shahar DSI xodimlari tomonidan kameral tekshirish o’tkazilgan. O’tkazilgan kameral tekshirishda Farg’ona shahar DSIda soliq to’lovchi sifatida ro’yxatda turuvchi “Bunyodkor-2000” xususiy firmasi bosh hisobchisi To’lqinov Mamarasul O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 59-moddasiga muvofiq “Bunyodkor-2000” xususiy firmasining 2014 yil uchun taqdim etilgan 5754,6 ming so’m soliq va boshqa majburiy to’lovlarni Soliq kodeksida belgilangan to’lash muddatida xizmat ko’rsatayotgan bankka to’lash uchun to’lov topshiriqnomalari taqdim etmasdan to’lov intizomini buzgan. Natijada “Bunyodkor-2000” xususiy firmasining soliq qarzi hisobiga Farg’ona shahar DSIning inkasso topshiriqnomasi orqali bankdagi hisob varag’idan 2015 yil yanvar oyida 5754,6 ming so’m mablag’ undirib olingan. Bundan tashqari “Bunyodkor-2000” xususiy firmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2005 yildagi 110-sonli qarori talablari buzilib, Farg’ona shahar Xalq banki “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti” bo’limiga 18975,4 so’m o’tkazilgan mablag’ uchun reestr taqdim etilmaganligi aniqlangan. Fuqaro Rafiqov Sobirjon Karimovichning harakatlarida O’zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 3-qismi va 179-2-modda 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik(lar)ning alomatlari mavjud. Huquqbuzarlikning guvoxlari: __________ ____________________ __________ ____________________ (imzo) (f.i.sh.) (imzo) (f.i.sh.) Huquqbuzarning tushuntirish xati ilova kilinadi. Bayonnomani tuzdim ____________ Z.Maxmudov (imzo) Huquqbuzarga MjtKning 294–moddasida nazarda tutilgan huquq va burchlari tushuntirildi. Huquqbuzar _____________________ S.Rafiqov
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling