Дата публикации
Download 15.25 Kb.
|
Sharq mutaffakirlarining islom diniga qo
Sharq mutaffakirlarining islom diniga qo‘shgan hissalari va qarashlari | Sag`dullayev Lazizbek va Mardiyev Ilhom. Работа №315769 Дата публикации: 24.05.2023 Автор: Sag`dullayev Lazizbek va Mardiyev Ilhom Описание: Anatatsiya: ushbu maqolada sharq mutaffakirlarining islom diniga qo’shgan hissalari, asarlari va ularning dinga, odob-axloq masalalariga oid fikrlari yoritilgan. Kalit so’zlar: islom, din, mutaffakirlar, asarlar, adiblar Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda koʻp joylarda jaholatga qarshi maʼrifat, islom dinini oʻrganish, oʻrgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi boʻlish, boshqa oqimlarga kirish — bu Oʻzbekistonga yarashmaydi! Shavkat Mirziyoyev Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosid ataraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo'shganlar. Garchi islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bolsada, madaniy jihatdan arab badaviy qabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha ancha ustun bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko'rsatganlar. Bizning mintaqamiz, avvalambor, bugungi O'zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Islom sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo'shganlar safining old qatorlarida, aynan bizning muqaddas, jannatmakon zaminimizdan yetishib chiqqan, jahon ilm-fan taraqqiyotining buyuk mutafakkirlari, alloma va donishmandlarining borligi dunyo ahlini haligacha lol qoldirib kelayotganligi necha asrki avlodlar qalbiga surur va iftixor bag'ishlab keladi. Islomiy tarbiyaning asl mohiyati jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini, uning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini barpo qilishga qaratilgani bilan ajralib turadi. Islom dini - bu biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat sarchashmasi bo'lib xalq ma'naviyati va ma'rifatining yuksalishiga katta hissa qo'shib kelgan ilohiy ne'matdir. Shu o’rinda sohibqiron Amir Temur so’zlari: “Saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi hazrati Muhammadning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim. Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi”.[1] Temuriy shag’zoda Zahiriddin Muhammad Bobur o’z davrining yetuk davlat arbobi shoh, shoir o’zining “Boburnoma” asarida ham alohida diniy masalalarga e’tibor qaratgan. Boburning oz qarashlari diniy axloqiy, falsafiy ijtimoiy, manaviy jihatdan pandnoma tariqasida organiladi. U diniy qarashlari haqida shunday deydi - “Konglingni dinlarning muxokama maydoniga aylantirma. Adolat ornatishda insonlarning etiqodiga chuqur hurmatda bol.” Ushbu fikrlar Hindistondagi dinlarning turfa xilligi, kishilarning turli dinlarga etiqod qilganligi va Bobur ushbu vaziyatda xalqga zug‘um qilmasdan din erkinligini joriy qilganligi va chuqur hurmatda bolganligini korishimiz mumkin. Inson oʻz davrininggina emas, oʻz tarixi, oʻz avlodining farzandidir. Bizdagi gʻurur, iftixor, insoniylik oʻtmish avloddan meros boʻlib qolgan. Shuning uchun oʻzini ajdodlarning maʼnaviy vorisi sifatida tasavvur qilmagan odam, toʻla maʼnoda shaxs boʻlib yetisha olmaydi.[2] Jamiyat ham oʻz taraqqiyotiga erishish yoʻlida hamisha ildizi orqali uning taniga singgan xalqning asl farzandlari ilmdan oziqlanib boradi. Islom dini Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida, uning madaniyati va sivilizatsiyasi shakllanishida katta rol oʻynagan. U boshqa dinlardan farqli ravishda faqat taʼlimot va mafkuranigina emas, balki siyosat va hayot tarzi ham edi. Islom diniga xos ana shu universallik musulmonlar maʼnaviyatining hamma sohalarini qamrab olgan. Qurʼon, shariat va hadislarga har bir musulmonning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, maishiy va faoliyati qatʼiy belgilangan va tartibga solingan. Bu esa kishilar oʻrtasidagi munosabatlarni takomillashtirishga, boylik va qashshoqlik, donishmandlik va nodonlik va oqillik va johillik oʻrtasidagi ziddiyatlarni mumkin qadar bartaraf etishga imkon beradi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan maʼnaviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni oʻzida mujassam etgan buyuk arboblar koʻp oʻtgan. Imom Buxoriy,Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa koʻplab buyuk ajdodlarimiz milliy qadriyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdilar. Imom al-Buxoriy va Abu Iso Muhammad at-Termiziylarning hayoti va ilmiy merosi islom olamida ayniqsa, muhim manbalar hisoblanib, ular yashagan davr hadis ilmining rivojidagi oltin davr hamdir. Islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli hadislar “As sihoh as-sitta” ham ularning nomlari bilan bogʻliqdir. Imom al-Buxoriy umri davomida ilm izlab sayohat qilgan va u “Hadis ilmida Amir al-Moʻminiyn” degan sharafli nomga sazovor boʻlgan. Imom al Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih”, “Al – Adab al-mufrad” asarlari ayniqsa, katta ahamiyatga ega boʻlib, uning hadislar toʻplami Qurʼondan keyingi ikkinchi oʻrinda turadigan manba deya eʼtirof etiladi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: „Al-jomeʼ as-sahih“, „Al-adab al-mufrad“, „At-tarix al-kabir“, „At-tarix as-sagʻir“, „At-tarix al-avsat“, „At-tafsir al-kabir“ „Birrul volidayn“, „Asmo as-sahoba“, „Kunyalar“. Bu asarlarning barchasi Islom dining ravnaqi, rivoji uchun katta ahamiyat kasb etadigan buyuk meroslardir. [3] Abu Iso Muhammad at-Termiziy ham hadisshunos olim sifatida Sharq allomalari orasida alohida oʻringa ega. U buyuk muhassid Al-Buxoriyning shogirdi hisoblanadi. At-Termiziyning “Al-Jomiʼ”, “Ash-Shamoil an-Nabaviya”, “Al-ilal fil-hadiys” kabi asarlari ayniqsa, islom olamida mashhurdir. “Ash-Shamoil an-Nabaviya” asari paygʻambar Muhammad alayhissalomning shaxsiy hayotlari, suvrat va siyratlari, odatlari haqidagi hadislarni oʻz ichiga olgan muhim manbadir. Yana buyuk ajdodlarimizdan Abu Mansur al-Moturidiy sunʼiy eʼtiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri boʻlmish Moturidiya oqimining asoschisi. Moturidiy Samarqandda dastlabki ilmlarni oʻrganib, “Hanafiya” mazhabi olimlaridan saboq olgan va faqihlar hamda muhaddislar bilan doimiy muloqotda boʻlgan. Abu Mansur al-Moturidiy islom dinidagi sunʼiylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganib, fiqh va kalomga oid kitoblar yozgan. Uning “Kitob at – tavhid”, “Taʼvilot al-Qurʼon” asarlari ayniqsa mashhurdir. Abu Mansur al-Moturidiy islom dini “Hanafiya” mazhabini Movarounnahrda tarqalishi va oʻzidan keyingi avlodlarga qusursiz yetkazishda katta hissa qoʻshganligi dunyo olimlari tomonidan eʼtirof etilgan. Moturidiy “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yoʻli imom va mutakallimlar imomi) deya eʼtirof etiladi. Sharq uyg‘onish davrining yana bir buyuk mutaffakiri Abu Nasr Farobiydir. U zamonasining barcha ilmlarini puxta o’zlashtirib fan rivojiga katta hissa qo’shgandir. Manbalarda aytilishicha 160 dan ortiq asarlar yozgan va bizgacha barchasi yetib kelmagan. Uning “Fozil odamlar shahri” asari mashhur bo’lib unda quyidagi fikrlari mavjud: ”Jaholatdagi odamlar (haqiqiy obodlikni bilmasdan) ba'zilar nazarida baxtu-davlat bo'lib ko'rinadigan o'tkinchi, yuzaki narsalarni, mol-dunyoni, jismoniy lazzatlarni, xirsu-shahvatni, obro', amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o'ylaydilar. Shu ne'matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad, baxt-saodat bo'lib ko'rinadi. Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o'zi uchun hayotiy e'tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug' olamda ma'naviyat hamisha barqaror bo'lib keladi”. Bu asardan shuni anglashimiz mumkinki haqiqiy fozil donishmand odamalar hech qachon bu dunyo manfaatlariga aldanib qolmaydilar to’g’rilik, halollik orqali o’z dunyo va oxirat hayotini obod qiladi degan qarashlarni ko’ramiz. Sharqda yashab ötgan va jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qöshgan buyuk ajdodlarimiz xalqimizning milliy iftixori boʻlib qoldilar. Ularning nomlari jahon Sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma‘lum. Ularning har bir asarlarida insonni odob-axloq kamolotga yetkazuvchi ilm-ma‘rifat mujassamdir. Islom bu komillik dini hisoblanadi. Uning nuri inson hayotini yoritadi. Islom dinida erkak va ayolning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratiladi. Hatto Mirzo Ulug’bek qurdirgan madrasa qoshiga “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir”, deya yozib qo’yilgan Download 15.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling