Daun sindromi kasalligi nima?
Daun sindromi davolanadimi?
Download 156.59 Kb.
|
Daun sindromi kasalligi nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola Daun sindromiga chalingan ekanligi haqida homiladorlikda bilsa bo’ladimi
Daun sindromi davolanadimi?
Bu kasallik davolanmaydi, lekin Daun sindromi bilan tug’ilgan bolaga maxsus jismoniy va aqliy muolajalarni o’tkazib uning rivojlanishini yaxshilash jamiyatda o’z o’rni bo’lishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Afsuski, shifokorlar Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalarga katta e’tibor berishni istamaydilar. Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalar 5 yoshiga qadar qancha ko’p jismonan, aqlan, til jihatdan rivojlantirilsa, unga e’tibor berilsa, keyinchalik bolaga va uning ota-onasiga shuncha oson bo’ladi. Bola Daun sindromiga chalingan ekanligi haqida homiladorlikda bilsa bo’ladimi? Maxsus qon analizlari, skrining, amniosentez, biopsiya testlari bunga yordam beradi, lekin ularning natijasi hech qachon 100% aniq bo’la olmaydi. Daun sindromi bilan o’sayotgan bolani katta qilishda nimalarga ahamiyat berish lozim? 1. Bunday bolalar aqlan o’z tengdoshlaridan ortda qoladi; 2. Bir joyda diqqatini saqlay olish xususiyati juda past bo’ladi; 3. Bolani muntazam ravishda shifokor ko’rigiga olib borish va kerakli muolajalarni olish talab etiladi; 4. Bola o’z tengdoshlaridan jismonan ham ortda qoladi; 5. Daun sindromi bilan kasallangan farzandi bor ota-onalarni topish va ular bilan muloqotda bo’lish har tomonlama yengillik keltiradi. 6. Daun sindromi uchun mo’ljallangan maxsus reabilitasiya programmalarini topish va ularda qatnashish maqsadga muvofiq bo’ladi. 7. Bola bilan birgalikda boshqa bolalar boradigan o’yingohlar, kafe, parklarga borish yaxshi natijaga olib keladi; 8. Boladan uyalmaslikni o’rganish kerak bo’ladi; 9. Bolani jamiyatdan bekitmaslik, uning o’rniga moddiy va ijtimoiy yordam so’ragan ma’qul; 10. Tushkunlikka tushmaslik. Bu bola ham boshqa bolalar singari o’z ota-onasini qattiq yaxshi ko’radi va ular mehriga zor bo’ladi. AQSH va Evropa mamlakatlarida Daun sindromiga chalingan bolalar oddiy maktabga boradilar va u yerdagi muhitga bemalol moslashib yashaydilar. Download 156.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling