Davlar byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihasini tuzish,ko’rib chiqish va tasdiqlash


Download 15.06 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi15.06 Kb.
#1411511
1   2   3   4   5
Bog'liq
budj 9

Byudjet sohasidagi vakolatlar

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
  • navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
  • birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
  • Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
  • budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
  • Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
  • davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;
  • o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

Davlat byudjet tuzilmasi

  • Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:
  • O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish

  • Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet mo‘ljallari o‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
  • Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
  • budjet so‘rovini tuzish tartibini yuborishni;
  • budjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
  • budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;
  • budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Download 15.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling