Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlar - Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, budjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha.
- Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
Budjet so‘rovi - Budjet so‘rovi:
- budjet tashkilotining, budjet mablag‘lari oluvchining va budjet mablag‘larini taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;
- xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reyestrini;
- budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
- budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar budjet so‘rovi bilan bir vaqtda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi.
Budjet buyurtmasi - Budjet buyurtmasi budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi.
- Budjet tashkiloti yoxud budjet mablag‘lari oluvchi tomonidan tuzilgan budjet buyurtmasi tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchiga budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli moliya organi va davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organga budjet so‘rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
- Budjet buyurtmasida o‘tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.
- Budjet mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet buyurtmalari asosida jamlanma budjet buyurtmasini tuzadi.
- Budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma budjet buyurtmasi budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuziladi.
- Budjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini o‘tgan yillarga nisbatan ko‘paytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati bo‘lgan taqdirda va mazkur ko‘paytirish budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |