“Davlat – bu muayyan xududda oliy hokimyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv apparatiga ega bo’lgan jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruxlaring manfaatlarini ifoda etuvchi


Download 22.76 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22.76 Kb.
#184978
Bog'liq
sardor


2-КАЗУС

Давлат механизми муайян объектив тамойиллар асосида амалга оширилади, бу эса жамиятни давлат томонидан идора этишнинг самарадорлигини таъминлаш кафолати ҳисобланади. Қонун чиқариш ва ижро этиш ваколатлари айни бир шахс қўлида ёки айни бир орган ихтиёрида жамланган бўлса, эркинлик мавжуд бўлмайди, зеро давлат бошлиғи ёки парламент нотўғри қонунлар қабул қилиши ва улардан турли мақсадларда фойдаланиши мумкин. Шу сабабли ҳокимиятлар бўлиниши принципига амал қилиниши лозим. Ҳокимиятлар бўлиниши учала ҳокимиятнинг мувозанатини, тенглигини ҳамда уларнинг ўзаро бир-бирини тийиб туришини ва қарама-қарши таъсир этишини таъминловчи тизимдир.



Ҳокимиятлар бўлиниш принципининг мазмун ва моҳиятини атрофлича муҳокама қилинг.

Kirish


Davlat mexanizimi to’grisida gapiradigan bo’sak avvalambor davlat tushunchasi nima ekanligini aniqlashimiz lozim.

“Davlat – bu muayyan xududda oliy hokimyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv apparatiga ega bo’lgan jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruxlaring manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turuvchisiyosiy tashkilot”.

“Davlat – bu muayyan xududda ommaviy hokimyatni amalga oshiradigan, umummajburiy normalar o’rnatiladigan va suverentetiga ega bo’lgan siyosiy tashkilot”.1 Davlat hokimyatini boshqarish uni davlat darajasiga olib kelish qadim zamonlardan beri dolzarb muammo bo’lib kelgan shunga qaramay, bu borada anchagina yutiqlarga erishilan. Davlat o’zining hokimyatini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan tizimli kuch- davlat mexanizimidur. Davlat mexanizimi davlat oldidagi maqsad vazifalarni amalga oshiruvchi organdur. Olimlarning fikricha “Hozirgi kunda davlatshunos olimlar apparatning, eng avvalo, fuqarolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj va manfaatlarini mutanosiblashtirish mexanizimi deb hisoblaydilar. Bunday fikirning to’g’riligi davlat mexanizimining o’ziga xos umumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi.Davlat mexanizimi quyidagi asoslarga ko’ra faoliyat yuritad:



  1. Davlat mexanizimining yagonaligi. Davlat mexanizimi – davlat organlari va muassasalarning yaxlit iyerarxik tizmidir.

  2. Maqsad va vazifalarining umumiyligi. Barcha davlat organlari umumiy maqsad va vazifalarini bajaradi, ya’ni davlat funksiyasini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashadi.

  3. Ierarxik tizimga asoslanganligi . Davlat mexanizimi(apparati) piramida shaklida tuzilgan bo’lib, unda yuqori turuvchi organlar quyi turuvchi organlarga nisbatan ko’proq huquqiy vakolatlarga ega bo’ladi va ularning faoliyatiga ta’sir ko’rsata oladi, quyi turuvchi organlar esa, yuqori turuvchi organlarning qarorlarini bajarishka majburdurlar.

  4. Majburlov apparatining mavjudligi. Davlat organlari, xususan, qonun chiqaruvchi organ qonun qabul qlish va uni kuchka kiritish usuli bilan, ijro etuvchi organlar boshqaruv, majburlov va rag’batlantirish usullari bilan, sudlar, prokuratura va huquqni muhofaza etuvchi organlar majburlov va ishontirish usuli bilan huquqiy normalarni tadbiq etadilar.

  5. Hokimyat vakolatlariga ega bo’lgan davlat organlari ichki tuzilishining mavjudligi. Davlat mehanizmining bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilotlari birgalikda faoliyat yuritadi va o’z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq qilafi”.2

Davlat mehanizmining- asosiy mohiyati shundan iboratki, davlat boshqaruvisiz jamiyatda insonlarning o’rni bo’lmaydi. “Davlat mexanizimi – jamiyatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy soxalarini rivojlantirishga qaratilgan xokimyatning qonun chiqruvchi, ijro etuvchi va sud organlari vanodavlat tashkilotlari tizimidan iboratdu”3. Ayni vaqitda davlatimiz rahbari SH. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Ommaviy axborot vositalari aholining talab va ehtiyojlarini hokimyat idoralariga yetkazishning muhim va ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko’makchisi va hamdardiga, demokratiya ko’zgusiga aylanishi zarur. Hokimyat va boshqaruvorganlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko’tarib chiqish ular faoliyatida asosiy mezon bo’lishi kerak”4


1 Saydullayev Sh. Davlat va xuquq nazariyasi. Darslik.-Toshkent:TDYUU, 2018.- 35 b.

2 Odilqoriyev X.T.Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. –Toshkent. ‘’Adolat”, 2018. 121-124 b.

3 Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi T.: Adolat, 2007. 330 b.

4 Mirziyoyev SH. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatlarimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori. / Xalq so’zi, 2017-yil 8-dekabr.


Download 22.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling