Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


modda. Bojxona organlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish


Download 63.8 Kb.
bet13/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

modda. Bojxona organlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish


Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi maqomiga ko‘ra vazirga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari esa tegishincha vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona institutining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167- son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilmagan bojxona organlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuni tahririda Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida bojxona organi xodimi egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining ruxsati bilan — ikki oydan ortiq muddatga bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bojxona organlari ixtiyoridagi bojxona organi xodimiga dastlabki ikki oy davomida oxirgi egallagan lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti, uchinchi oydan boshlab maxsus unvoni bo‘yicha maoshi va xizmat yillari uchun ustama saqlanib qoladi. To‘rt oy o‘tganidan keyin to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyorida bo‘lgan muddatga uning kasal bo‘lgan (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud bo‘lganida) va yillik navbatdagi ta’tilda bo‘lgan (bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish bundan mustasno) davr qo‘shib hisoblanmaydi. Ushbu ta’tillar davrida pul ta’minotini to‘lash faqat dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq bo‘lgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga qo‘shiladi.
Bojxona organi xodimining yoki uning oila a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid, shuningdek ularning sog‘lig‘i holati tufayli xizmat (yashash) joyini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, mazkur xodimni bojxona organlarining boshqa bo‘linmasiga xizmatga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Bojxona organlarining o‘zaro qarindoshlik aloqalarida bo‘lgan xodimlari (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar xizmatni bitta bo‘linmada o‘tash birining ikkinchisiga bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ular bitta bo‘linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
Bojxona organi xodimini egallab turgan lavozimidan chetlashtirish haqida jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va avvalgi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan quyi yoki teng lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi.
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni xizmatdan bo‘shatish yoki uni avvalgi yoxud teng lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi masala bunga vakolatli bo‘lgan boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Bojxona organi xodimini lavozimdan lavozimga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yuqori lavozimga — xizmat bo‘yicha ko‘tarilish yoki rag‘batlantirish tartibida;
teng lavozimga — shaxsiy iltimosiga ko‘ra, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), oilaviy sharoitiga ko‘ra, sud qarori, xizmat tekshiruvining xulosasi asosida lavozimdan chetlashtirilganda yoki xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini, egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasini inobatga olgan holda bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish zaruriyati yuzaga kelganida, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida;
quyi lavozimga — xodimning shaxsiy iltimosiga ko‘ra, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), attestatsiya natijalariga ko‘ra egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganda, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli uni teng lavozimga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida.
Bojxona organlarining rahbar lavozimlarni egallagan xodimlari teng lavozimga, shu jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so‘ng rotatsiya tartibida o‘tkazilishi mumkin.

  1. Download 63.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling