Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
-bob. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
4-bob. Bojxona organlarida xizmatni o‘tashmodda. Bojxona organlarida xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tash Bojxona organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning bojxona organlaridagi xizmatda ko‘tarilishi va boshqa lavozimga o‘tishi ushbu fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Bojxona organlaridagi xizmatga, o‘n yetti yoshdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshda bo‘lgan, tegishli darajadagi ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik fazilatlariga, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy asosda qabul qilinadi. Erkaklar bojxona organlaridagi xizmatga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan taqdirda qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Alohida hollarda, bojxona organlariga xizmatga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar inobatga olinmagan holda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida — boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining xodimlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida — yoshi o‘ttizdan oshgan, tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar qabul qilinishi mumkin. (13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas: muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar; xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar; boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar; sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar. (13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha to‘ldiriladi: Oldingi tahrirga qarang. ofitserlar tarkibi — Bojxona instituti bitiruvchilari va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan; (13-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167- son) serjantlar tarkibi — o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bojxona organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyruqlari bilan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning qo‘shinlari va organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan tuziladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati bilan qaytarib o‘tkazilishi mumkin. Chaqiriluvchi bo‘lgan, bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus hisobida turadi. Xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy hisobga qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi”gi Nizom. Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling