Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


modda. Bojxona organlarining majburiyatlari


Download 63.8 Kb.
bet6/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

modda. Bojxona organlarining majburiyatlari


Bojxona organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bojxona to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
bojxona nazoratini tashkil etishi;
tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tish chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;
davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
  1. bob. Bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash


    1. modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari

Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida jismoniy kuch ishlatish, o‘ziga biriktirilgan maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni olib yurish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Bojxona organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy jihatdan yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bojxona organi xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tegishli ruxsatnoma beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda bojxona organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan, shuningdek jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida bojxona organining xodimi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Bojxona organlari jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol- mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beradi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash ushbu Qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bojxona organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

    1. Download 63.8 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling